26 Avgust

Znvar-iyul oylarida Toshkent shahri eng yuqori faollik barometri indeksi bilan reytingda 1-o‘rinni egalladi. Keyingi o‘rinlarni Samarqand va Sirdaryo viloyatlari egalladi.

24 Avgust

Prezident Shavkat Mirziyoyev ekologiya muammolariga bag‘ishlangan videoselektorda Zomin tog‘larida ro‘y bergan o‘rmon yong‘inlari bo‘yicha ham to‘xtaldi.

23 Avgust

Markaziy harbiy okrugning “Forish” tog‘ poligonida “ArMI–2021” VII Xalqaro armiya o‘yinlarining O‘zbekiston mezbonlik qilayotgan ikki musobaqasi boshlandi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.

Jizzax shahrida haydovchilik guvohnomasini olish uchun maxsus kurslarda o‘qimagan fuqaroga pul evaziga guvohnoma olib bermoqchi bo‘lgan shaxs va uning avtomaktabdagi sherigi ushlangan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

22 Avgust

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Markaziy harbiy okrugi “Forish” tog‘ poligonida “ArMI-2021” VII Xalqaro armiya o‘yinlari boshlanmoqda.

21 Avgust

Jizzax viloyatining Zarbdor tumani Bo‘ston mahallasida istiqomat qiluvchi Abulqosim Mamarasulov xonadonida 8 nafar qiz farzand voyaga yetgan. Ularning barchasi oliy ma'lumotli. Shu yilning o‘zida ulardan biri bakalavr, biri magistr, yana biri fan nomzodi bo‘lishga erishdi.

20 Avgust

Joriy yilning o‘tgan 7 oyi davomida Jizzax viloyatida 232ta yo‘l transport hodisasi sodir etilgan. Mazkur YTH oqibatida 74 nafar fuqaro vafot etgan bo‘lsa, 187 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatini olgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB katta inspektori Erkin Ochilov ma'lum qildi.

18 Avgust

Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida Qashqadaryo viloyatida yashovchi haydovchi boshqaruvida bo‘lgan «Kobalt» «ZIL» yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. Oqibatda «Kobalt»da yo‘lovchi sifatida ketayotgan shaxs vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Kun.uz “Hayotiy hikoyalar” ruknining qahramonlari – Sohiba va Maksim Jukov Jizzaxning Sharof Rashidov tumanidagi mehribonlik uyida voyaga yetib, turmush qurishgan.

17 Avgust

Sudyalar oliy kengashi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida Kun.uz muxbiri jizzaxlik tadbirkor ayol Gyunel Aliyeva ishi bo‘yicha Kun.uz'da chiqqan maqolalar yuzasidan xizmat tekshiruvining qanchalik xolis ekani haqidagi savol bilan yuzlandi.

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida qashqadaryolik haydovchi boshqaruvida bo‘lgan yuk mashinasi yonib ketgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.

Jizzax viloyatining Zarbdor tumani hokimi Trailblazer sotib olganida ayni shu kabi yo‘llarda qiynalmay yurishni o‘ylagan bo‘lsa, ajab emas.

Ko`proq yangiliklar
Top