28 Oktabr

Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax viloyati Do‘stlik tuman sudining sobiq raisi bir necha oydan buyon qidiruvda. Kun.uz manbasiga ko‘ra, u pora olishda gumonlanmoqda. Bosh prokuratura bu ma'lumotni tasdiqladi.

27 Oktabr

Baliq boqib ko‘rganmisiz? Baliq boqishga qiziqasizmi? Yo‘q, deng? Baliq tutishga qiziqadiganlar talay, uni yeyishga ishtiyoqmandlar esa undan-da ko‘p. Lekin dasturxoningizga yetib kelguncha ana shu luqmai halol qanday «yo‘llardan yuradi»?

Jizzax viloyati Baxmal tumanida haydovchi velosipedda harakatlanayotgan fuqaroni urib, qochib ketgan. Oqibatda fuqaro og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

26 Oktabr

Jizzax shahridagi Toshloq mahallasi ahli o‘z bolalari o‘ynaydigan o‘yingoh qurilish uchun berib yuborilayotganidan norozi. Qator tartib-qoidalarga zid holda ajratilgan bu yer maydonidan kelgusida markaziy ko‘cha o‘tishi rejalashtirilgan.

25 Oktabr

Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida qarovsiz qoldirilgan 3 yoshli qizni «Jiguli» urib yuborgan. Oqibatda u vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Jizzax viloyati Forish tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida navoiylik ikki nafar yo‘lovchi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

24 Oktabr

Jizzaxda haydovchining uxlab qolishi ortidan sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki kishi vafot etgan. Yana olti kishi shifoxona jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

23 Oktabr

Jizzaxda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida boshqaruvni yo‘qotgan “Damas” ikkita mashina bilan to‘qnashgan. Oqibatda uning haydovchisi voqea joyida vafot etgan. Bu haqda Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

22 Oktabr

Jizzax viloyatida joriy yilning o‘tgan davrida 283ta yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda 4 nafar fuqaro og‘ir tan jarohati olgan. Moddiy zarar miqdori 15 mlrd so‘mga yaqin. Bu haqda FVV bosh boshqarma boshlig‘i O‘lmas Muzaffarov ma'lum qildi.

21 Oktabr

Oliy ta'lim kelgusi besh yilda Jizzax viloyati rivojlanishining asosiy drayverlaridan biriga aylanishi kerak. Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev aytib o‘tdi.

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyati saylovchilari bilan uchrashuv chog‘ida qurilishlardagi korrupsiya mavzusiga to‘xtaldi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Aydar-Arnasoy ko‘llari hududida ekologik barqarorlikni saqlash bo‘yicha alohida dastur amalga oshiriladi. Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev aytib o‘tdi.

Ko`proq yangiliklar
Top