2 Noyabr

Navoiy shahrida Prezident maktabining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimligi mas'ullari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, Prezident maktabi o‘quvchilari va o‘quvchilarning ota-onalari ishtirok etdi. 

Zarafshon daryosiga zaharli moddalar oqizilishi oqibatida minglab baliqlar nobud bo‘lgani ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

1 Noyabr

Jinoyat ishlari bo‘yicha Xatirchi tuman sudida portlovchi moddalarga qonunga xilof ravishda egalik qilgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda Oliy sud xabar bermoqda.

30 Oktabr

Dubay shahzodasi Shayx Hamdan bin Muhammad Ol Maktum o‘zining Instagram sahifasida Navoiydagi ov jarayonlari videosini ulashdi.

Kun.uz 15 avgust kuni foydalanishga topshirilishi kerak bo‘lgan Xatirchi tumanidagi 45-umumta'lim maktabida qurilish-ta'mirlash ishlari qurilish firmasi tomonidan yakuniga yetkazilmay, chala holda tashlab qo‘yilgani haqida maqola e'lon qilgandi. Navoiy xalq ta'limi boshqarmasi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

28 Oktabr

Navoiy shahrida “Lacetti” mashinasi yo‘lni kesib o‘tayotgan ayolni urib yuborgani ma'lum qilingandi. Holat yuzasidan IIV YHXBB axborot xizmati ma'lumot berdi.

Davlat amaldorining lavozimida qolishini cheklovchi sud hukmi qonuniy kuchga kirganidan 2 oy o‘tib ijroga yetib borgan. Shunda ham u sud hukmi bilan emas, Kun.uz surishtiruvi fonida o‘z arizasiga ko‘ra ishdan bo‘shatilgan.

Zarafshon shahrida qarzdor ota farzandining ta'minoti uchun biryo‘la 80 mln so‘m aliment pulini to‘lab berdi. Bu haqda Kun.uz'ga MIB Navoiy viloyati boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

27 Oktabr

Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi 45-umumta'lim maktabi joriy yil investitsiya dasturi asosida mukammal ta'mirlashga tushgan edi. 15 avgust kuni foydalanishga topshirilishi kerak bo‘lgan maktabda qurilish-ta'mirlash ishlari haligacha yakuniga yetkazilmay, chala holda tashlab qo‘yilgan.

23 Oktabr

Aydarko‘lda noqonuniy baliq ovlagan kattaqo‘rg‘onlik shaxsga 17 million 550 ming so‘m tabiatga yetkazilgan zarar belgilangan. Unga nisbatan to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqish uchun sudga yuborilgan. Bu haqda Navoiy viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

21 Oktabr

Navoiy kon-metallurgiya kombinati faxriysi, O‘zbekiston Qahramoni Anatoliy Panin 2021 yil 21 oktyabr kuni 72 yoshida vafot etdi. Bu haqda kombinat rasmiy saytida ma'lum qilindi.

Navoiy shahar obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Yusuf Tursunov sud hukmi bilan mansabdor bo‘lish huquqidan mahrum qilinib, axloq tuzatish ishlari jazosiga tortilgan.

Ko`proq yangiliklar
Top