26 Iyun

Bundan 19 yil oldin Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida sodir etilgan jinoyat tildan tilga ko‘chib, odamlar orasida shov-shuvga sabab bo‘lgan.

22 Iyun

Ketma-ket chalingan ogohlantiruvchi va jangovar signallardan so‘ng karerda gumburlagan ovoz eshitiladi hamda osmonga chang-to‘zon ko‘tariladi. Bu kabi portlatish ishlari uchun kuniga 150 tonnagacha ammiakli selitra sarflanadi. 3-gidrometallurgiya zavodida esa tirik bakteriyalar oltinni ajratib olishda “ko‘maklashadi”. 

21 Iyun

Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Normat Tursunov Karmana tumanida joylashgan “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi hududida faoliyat yuritayotgan “Telecom Devices PRO” mas’uliyati cheklangan jamiyatida bo‘lib, jarayonlar bilan tanishdi.

U faoliyat olib boradigan «O‘zagrosug‘urta» ko‘chma do‘konidan 9 nafar fuqaroning shaxsiy hujjatlari, pullar va imtihon varaqalari topilgan.

18 Iyun

Hukumat qarori bilan Baxtiyor Mardonov Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti rektori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. 

14 Iyun

U Navoiy shahrini eng ko‘p boshqargan hokim hisoblanadi.

13 Iyun

Ko‘rinishi mushukka o‘xshab ketuvchi hayvonni 2022 yilning 12 iyun kuni tuman obodonlashtirish boshqarmasi ovchisi fuqaroning murojaati asosida uning xonadonidan tutib olgan. Uni kimdir Rossiyadan olib kelgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. 

10 Iyun

Yosh sportchilarning ovqatlanishi uchun budjetdan ajratilgan jami 109 mln so‘m mablag‘ mansabdorlar tomonidan “hazm qilib” yuborilgan. 

9 Iyun

Navoiy viloyatining Navbahor tumanida shifokor bemorlardan muolaja uchun noqonuniy pul olgan, Karmana tumanidagi ayrim maktablarda esa hashar uchun o‘qituvchilardan ikki marta pul undirishga harakat qilingan. Mavzular Kun.uz’da yoritilgach, shifokor va XTB hisobchisi ishdan olindi.

8 Iyun

2022 yilning 30 aprel kuni mamlakat bo‘ylab o‘tkazilgan umumxalq xayriya hashari uchun oylik maoshlaridan mablag‘ o‘tkazgan o‘qituvchilardan yana 20 ming so‘mdan pul talab qilinyapti. Tabiiyki, pedagoglar bundan norozi.

7 Iyun

Bepul tibbiy xizmat ko‘rsatishi kerak bo‘lgan stomatolog shifokor bemorlardan 50-60 ming so‘mdan pul olgan. Tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i uning bu harakatidan bexabarligini, holat yuzasidan qonuniy chora ko‘rilishini aytmoqda.  

2 Iyun

2022 yilning yanvar-may oylarida Navoiy viloyatida aholi va tadbirkorlarga davlat xizmati ko‘rsatishda “O‘ztransgaz” AJ 3 103 ta qonunbuzilish holatiga yo‘l qo‘yib, mazkur ro‘yxatda “yetakchi” bo‘lgan. Bu haqda Kun.uz’ga Navoiy viloyati adliya boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar xizmati xabar berdi.

Ko`proq yangiliklar
Top