28 Dekabr

Davlat xavfsizlik xizmatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Samarqand-Beruniy yo‘nalishida harakatlangan “Kobalt” rusumli avtomashina Xorazm viloyatidagi “Sarimoy” yo‘l-patrul xizmati maskanida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi. 

27 Dekabr

Bir muddat oldin Qoraqalpog‘istonda 2400 yillik tarixiy yodgorlik hududi qabristonga aylantirilgani haqida xabar berilgandi. Holat yuzasidan Xo‘jayli tumani hokimi Jenis Ermashev Kun.uz’ga izoh berdi. Shuningdek, hokim tarixiy yodgorlik hududida yerlar sotilayotgani borasidagi xabarlarga ham batafsil to‘xtaldi.

25 Dekabr

Jo‘qari Kengesning 24-sessiyasida Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi Qahramon Sariyev 2022 yilda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Qahramon Sariyev qoraqalpog‘istonliklarga qilgan murojaatida “yangi”, “suv”, “qurilish” kabi bir qancha so‘zlarni ko‘p bora ishlatgan. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Qahramon Sariyevning aholiga murojaatini lingvistik kontent-tahlil qildi va asosiy e’tibor nimalarga qaratilganligini aniqladi.

Mo‘ynoq tumanida mol o‘g‘irlab, uni so‘yib olib ketmoqchi bo‘lgan xorazmlik fuqarolar qo‘lga olingan. Bu haqdatuman IIB xabar berdi.

24 Dekabr

2021 yil 17 dekabr kuni soat 16:40larda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanida yo‘l tagidan quvur qaziyotgan 2 kishini tuproq bosib qoldi. Bu haqda Kun.uz’ga Qoraqalpog‘iston prokuraturasi matbuot kotibi xabar berdi.

Juma kuni Nukus shahri va Qoraqalpog‘istonning bir qancha tumanlarida qor yog‘di. Shu sababli Nukus shahrida jamoat transporti vazifasini bajaruvchi 1400 dan ortiq "Damas"lar faoliyati vaqtincha cheklangan. Bu haqda Qoraqalpog‘iston transport vazirligi xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda 24 dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim hududlariga qor yog‘gani tasvirlangan suratlar tarqaldi.

23 Dekabr

Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanida yangi turistik majmua qurilmoqda. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va sport bosh boshqarmasining axborot xizmati xabar berdi.

«Uzbekistan Airways» yangi yil bayram kunlari arafasida – 2021 yilning 29 dekabridan 31 dekabriga qadar Toshkentdan Nukus, Urganch va Buxoro shaharlariga qo‘shimcha qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi.

22 Dekabr

Prezidentning «Orolbo‘yi mintaqasida tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi» farmoni qabul qilingan edi. Vazirlar Kengashi raisi Qahramon Sariyev ushbu farmonga alohida to‘xtaldi va unga ko‘ra biznes yurituvchilar uchun mintaqada beriladigan imtiyozlar haqida ma’lumot berdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan 2021 yilning o‘tgan davrida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari tahlil qilindi. Unga ko‘ra, hududda 4 mingdan ortiq shaxsning buzilgan huquqlari tiklangan.

Ko`proq yangiliklar
Top