9 Aprel

Samarqand viloyati Payariq tumanida suv inshooti va tarmog‘ini rekonstruksiya qilishdagi budjet mablag‘larini talon-toroj qilgan korxona rahbarlariga jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Urgut tumanida “SXF CONSTRUCTION GROUP” kompaniyasi tomonidan “URGUT MALL” savdo kompleksi qurib foydalanishga topshirildi.

8 Aprel

Samarqand viloyati hokimligida Urgut tumanini innovatsion hududga aylantirish loyihasi taqdimoti o‘tkazilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Nurobod tumani hokimligi binosi oldiga qo‘y suruvi haydab kelgani tasvirlangan video 6 aprel kuni tarqaldi. Hokimlik binosi oldiga haydab kelingan 1,5 mingga yaqin qo‘ydan iborat poda odamlar orasida keng muhokama qilinmoqda.

Samarqand viloyati Urgut tumani gaz ta'minoti bo‘limi xodimlarining firibgarliklari fosh bo‘lgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Samarqand viloyati Urgut tumanida fermer xo‘jaligi rahbarining o‘g‘li otasi tasarrufida bo‘lgan yer maydonidan bir qismini sotayotgan paytda ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

7 Aprel

Samarqand viloyati Nurobod tuman hokimining noqonuniy qarori Aksilkorrupsiya agentligining so‘roviga binoan bekor qilindi.

6 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Nurobod tumani hokimligi binosi oldiga bir guruh odamlar o‘z suruvini haydab kelgani va hokimdan yaylov talab qilgani aks etgan videolar tarqaldi.

6 Aprel

Joriy yil yanvar oyida qabul qilingan “Olis hududlardagi budjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarorida ta'lim sifati past maktabda dars berish uchun boshqa hududdan jalb qilingan o‘qituvchiga maxsus ustama - boshqa viloyatdan kelib ishlasa, 100 foiz, boshqa tuman (shahar)lardan kelib ishlasa, 50 foiz qo‘shimcha haq to‘lanishi ta'kidlangan edi.

Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan xalq ta'limi sohasidagi rahbar xodimlarning yarmidan ko‘pi baholash sinovidan o‘ta olmagan. Bu haqda xalq ta'limi vazirligi xabar bermoqda.

5 Aprel

Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi mahallalardan birida transformator nosoz holga kelib, bir muddat elektr energiya ta'minotida uzilishlar bo‘lgani uchun odamlar norozilik sifatida ko‘chani yopgan.

Samarqand viloyati Nurobod tumaniga ayol kishi prokuror etib tayinlandi. Bu haqda Nurobod tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ko`proq yangiliklar
Top