22 Noyabr

Samarqand shahrida Nexia 3 mashinasi beton to‘siqqa urilgan. Oqibatda haydovchi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Samarqand viloyati Urgut tumanida sodir bo‘lgan yong‘inda fuqarolardan birining uyi yonib ketgan.

20 Noyabr

Xizmat safari bilan Samarqand viloyatida bo‘lgan Kun.uz muxbiri Jomboy tumani Shakar qishlog‘idagi yo‘lning ayanchli holatiga guvoh bo‘ldi. 

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda soxta PZR-test ma'lumotnomasi sotish bilan shug‘ullangan shifokor qo‘lga olingani haqida xabarlar tarqaldi.

18 Noyabr

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida qarzdor ota farzandlariga qarz o‘rniga Nexia mashinasini bergan. Bu haqda Kun.uz’ga MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

17 Noyabr

Samarqand shahar Narpay ko‘chasida avtoturargohda turgan Volvo-940 yengil mashinasida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Samarqand tumanida qariyb 60 ming dona pirotexnika vositalarini olib ketayotgan shaxs ushlangan. Bu haqda Kun.uz’ga viloyat bojxona boshqarmasi xabar bermoqda.

Samarqand shahrida «Jiguli» avval piyodani urib yuborgan, so‘ng yo‘l chetidagi beton ustunga urilgan. Oqibatda og‘ir tan jarohatlari olgan piyoda vafot etdi. Bu haqda IIV YHXB xabar bermoqda.

16 Noyabr

Samarqand viloyati Jomboy tumanida yelim ishlab chiqaruvchi korxonada yong‘in sodir bo‘lgan. Oqibatda korxona binosining 400 metr kvadrat tomi, shifti va u yerda bo‘lgan yelim mahsulotlari yonib ketgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani Zarmitan shaharchasida haydovchi va uni to‘xtatgan profilaktika inspektori bahslashib qolgani haqida xabarlar tarqaldi. Xabar yuzasidan viloyat IIB axborot xizmati munosabat bildirdi.

15 Noyabr

Samarqand tumanida xalqaro yo‘lda xavfli drift qilgan haydovchiga chora ko‘rilgan.

Samarqand xalqaro aeroporti 15 dekabrgacha yopiq bo‘ladi.

Ko`proq yangiliklar
Top