7 Yanvar

O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanish holatlari soni keskin ortdi.

6 Yanvar

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi kichik sanoat zonasi tadbirkorlari elektr tokidagi uzilishlardan aziyat chekmoqda. Ko‘plab murojaatlar ortidan muammo kuchaysa kuchaydiki, barham topgani yo‘q.

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahridagi restoran omborxonasidan qurilish mollarini o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Qashqadaryo viloyatidan chigit chiqarmaslik, xususan, “Umakay” postida kattaqo‘rg‘onlik tadbirkorlarga tegishli mahsulotning hamon ushlab turilgani yuzasidan O‘zbekiston prezidenti huzuridagi tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil - biznes ombudsman munosabat bildirdi.

Samarqand shahrida fohishaxona tashkil etgan qashqadaryolik ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Samarqand viloyati Urgut tumanida fuqaro qo‘shnisini bolta bilan chopib o‘ldirgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi xabar bermoqda.

5 Yanvar

Qashqadaryo hokimligi “neo-feodallarcha” qo‘ygan taqiq voqeasiga Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi aralashdi. Qo‘mita viloyat hokimligi va IIBdan izoh talab qildi, holat chora ko‘rish uchun o‘rganilmoqda. Savdo-sanoat palatasi va Biznes ombudsman hamon sukutda.

Bulung‘ur tumani sobiq hokimi Samarqand viloyat IIB Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan. Bu haqda viloyat IIb axborot xizmati xabar bermoqda.

Samarqand shahrining Bo‘stonsaroy va Ro‘dakiy ko‘chalari kesishmasidagi tonnel tipidagi yo‘l o‘tkazgichda kuzatilgan suv o‘tish holatiga «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ axborot xizmati izoh berdi. Unda yozilishicha, obektda qurilish ishlari hali tugallanmagan. Ammo obektda tugallangan ishlarning ham sifatsiz bajarilganini ko‘rish mumkin.

4 Yanvar

Samarqand shahrida fuqaroning yashash uyidan 10 ming dollarlik tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida litsenziyasiz kirakashlik qilib kelgan fuqarolardan pul undirish bilan shug‘ullangan guruh ushlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Samarqand shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgan fuqaro vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ko`proq yangiliklar
Top