4 Noyabr

«Uzbekistan Airways» Samarqand shahridan belgilangan xalqaro qatnovlarni Navoiy shahri aeroportiga ko‘chirgan. Farg‘ona vodiysidan Samarqandga amalga oshiriladigan mahalliy qatnovlar esa vaqtinchalik bekor qilingan.

Joriy yilning 10 va 11 noyabr kunlari Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

3 Noyabr

Bu «uchastkovoy»lar fuqarolardan pul talab qilgani, ish vaqtida spirtli ichimlik iste’mol qilgani uchun ishdan bo‘shatilgan.

“Ikki kunlik tadbir davomida Taraqqiyot strategiyasidan o‘rin olgan islohotlarni real hayotda amalga oshirish hamda belgilangan maqsadlarga erishish bo‘yicha sizlar bilan fikr almashmoqchimiz”, dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov O‘zbekiston II Iqtisodiy forumi ishtirokchilariga qarata.

Egizlarning ikki nafari qiz, ikki nafari o‘g‘il bola.

2 Noyabr

Joriy yilning 8-11 noyabr kunlari Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti o‘tkazilishi munosabati bilan «Samarqand» aeroporti havo kemalarini qabul qilish va parvozga chiqarishni vaqtincha to‘xtatadi.

Samarqand xalqaro texnologiya universiteti rektori Yusuf Abdullayev Janubiy Koreyaga amalga oshirgan safari doirasida ushbu oliy bilim yurti hamda qator yetakchi ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandumlar imzolandi. 

1 Noyabr

Marhum ma’muriy qamoq jazosiga hukm qilinganlar saqlanadigan maxsus qamoqxonada ruhiy holati yomonlashib yiqilgan va o‘shanda boshi bilan devorga urilgan.

1–3 noyabr kunlari tashkillashtiriladigan Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi Samarqand shahridan tashqari, Xiva, Buxoro va Toshkent shaharlarida ham o‘tkaziladi.

31 Oktabr

O‘zbekistonda ichki yo‘nalishlarda aviaqatnovlarni ko‘paytirish uchun Silk Avia loukosteri tashkil etilyapti. Aviakompaniyaning qisqa masofalarga uchishga mo‘ljallangan birinchi uchta samolyoti shu yil oxirigacha olib kelinadi. Kompaniya 3 yil ichida 12 ta samolyot olib, 54 ta yo‘nalishda haftasiga 216 ta parvozni amalga oshirishni reja qilmoqda.

30 Oktabr

27-28 oktyabr kunlari Samarqand shahrida MDH Parlamentlararo assambleyasining kuzgi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

29 Oktabr

Ikki nafar fuqaro qariyb yarim kilogramm sof oltin quymasini 287,3 million so‘mga sotmoqchi bo‘lganida ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.

Ko`proq yangiliklar
Top