30 May

Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida dala maydonidan 100 foiz kuyib ketgan jasad topilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Kun.uz’ga xabar bermoqda.

28 May

Sirdaryo viloyati Xovos tumanida poyezd urib yuborgan 22 yoshli ayol vafot etgan. Bu haqda IIV Transportda xavfsizlikni ta'minlash bosh boshqarmasi xabar bermoqda.

Vazirlar Mahkamasining «Sirdaryo viloyatida sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirishning yangi modeli – Guliston tibbiyot klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

25 May

«FAYZ ORIGINAL SAVDO» MChJ tomonidan 2019 yil 3 iyunda “E-IJRO AUKSION”da o‘tkazilgan auksion savdolarida Sirdaryo viloyati, Guliston shahar, Mahalla hududida joylashgan turar joy binosi sotib olinadi. Biroq boshqa bir qator fuqarolar kabi «FAYZ ORIGINAL SAVDO» MChJ ta'sischisi Obidjon Qurbonov ham auksiondan mulk o‘rniga boshog‘rig‘i sotib olgan bo‘lib chiqdi.

Sirdaryo viloyati umumta'lim maktablarida faoliyat olib borayotgan har bir o‘qituvchiga o‘rtacha 12 nafar o‘quvchi to‘g‘ri keladi. Bu haqda viloyat statistika boshqarmasi tomonidan Kun.uz’ga ma'lum qilindi.

24 May

Sirdaryo viloyati Xovos tumanida birovning xonadonidan 3 100 AQSh dollari o‘g‘irlagan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

2020-2021 o‘quv yilining yakuni, «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari o‘quvchi va yoshlar hamda ularning ota-onalarining iltimoslarini inobatga olgan holda barcha umumta'lim maktablarida joriy yilning 25 may kuni karantin koidalariga qat'iy rioya etgan holda tashkil etiladi. Bu haqda Sirdaryo viloyati xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Olimjon Mirbaratov Kun.uz’ga ma'lum qildi.

22 May

Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida yashovchi hunarmand Asiba Botirova gilam to‘qish bilan bolaligidan shug‘ullangan. 36 yil davomida o‘rta maktabda o‘qituvchilik qilib, pensiyaga chiqqan onaxon tinch o‘tirgani yo‘q.

20 May

Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh fuqarolarning velosipedlarda M-39 xalqaro avtomobil yo‘lida mashinalar qatnovini to‘sib harakatlangani tasvirlangan video tarqaldi.

19 May

18 may kuni Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida ta'lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga boshqa hududdan borib faoliyat boshlagan 5 nafar o‘qituvchiga namunaviy loyihasi asosida qurilgan uylarning kaliti topshirildi.

18 May

Sayxunobod tumanida yuk avtomashinasi piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan maktab o‘quvchisining urib yubordi. Piyoda olgan og‘ir tan jarohatlari tufayli kasalxonada vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB YHXB tomonidan ma'lum qilindi.

17 May

Sirdaryo viloyati Sardoba tumanida Tiko haydovchisi tezlikni belgilangan me'yorlardan oshirgan va boshqaruvni yo‘qotgan.

Ko`proq yangiliklar
Top