12 Noyabr

Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi Shohrux G‘iyosovga ko‘ra, internetda tarqalgan ma'lumot yolg‘on bo‘lib, uni tarqatgan shaxs davlat organiga tuhmat qilgani uchun qonun oldida javob beradi.

Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanidan atigi 3 km masofada joylashgan Qibray tumanining Alisherobod mahallasi fuqarolari elektr energiyasi ta'minotidagi uzilishlardan zada bo‘lishganini, bu haqdagi murojaatlari javobsiz qoldirilayotganini aytmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani Oqtosh qishlog‘i hududida 53 tup ko‘p yillik daraxtlar noqonuniy kesilgani haqida xabar tarqaldi.

11 Noyabr

Toshkent viloyati Parkent tumani hududida Y.T. boshqaruvidagi «Lada» rusumli avtomobilda yong‘in sodir bo‘ldi.

8 Noyabr

Taniqli yozuvchi Ulug‘bek Hamdam Nurafshon shahrida Zulfiya Zokirovaga bag‘ishlab juda katta mablag‘ evaziga qurilishi rejalashtirilgan majmua yuzasidan fikrlarini bildirdi.

6 Noyabr

Toshkent viloyati Chinoz tumanida fermer xo‘jaligi yer maydonini 25000 AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma'lum qildi.

Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov Nurafshon shahrida Zulfiya Zokirova haykal majmuasini qurish uchun 28,4 milliard so‘m hamda zamonaviy kutubxona binosini qurish uchun 6 milliard so‘m mablag‘ ajratish bo‘yicha farmoyish chiqardi. Tegishli hujjat mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari va farmoyishlari e'lon qilinadigan «E-qaror» elektron tizimiga joylashtirilgan.

4 Noyabr

Ekologiya qo‘mitasi Toshkent viloyati Parkent tumanidagi xonadonlarning birida Afrika sher bolasining saqlanayotgani, ahvoli qoniqarli emasligi bilan bog‘liq xabarni o‘rganib chiqdi.

3 Noyabr

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlarining Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departament Toshkent shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida firibgarlik bilan bog‘liq noqonuniy holatga chek qo‘yildi.

2 Noyabr

Toshkent shahrining Chilonzor tumanidan o‘zganing avtomashinasini olib qochgan 25 yoshli qiz Toshkent viloyatining Parkent tumanida qo‘lga olindi. Bu haqda IIV YHXBB ma'lum qildi.

30 Oktabr

Angren shahrida 11 yoshli bemor qizga uyidagilar «Tseftriakson» antibiotigini inʼeksiya qilgan.

29 Oktabr

Toshkent viloyatidagi Keles ko‘prigi orqali avtotransport vositalarining harakatlanishi vaqtincha to‘xtatildi.

Ko`proq yangiliklar
Top