12 Aprel

2021 yil aprel-may oylarida Toshkent shahridagi jome masjidlarida o‘qiladigan tarovih namozlarida Qur'oni Karimni xatm qiluvchi qorilar ro‘yxati Kun.uz’ga taqdim etildi.

Toshkent shahridagi Ahmad Donish ko‘chasining Yunusobodga olib boruvchi 4,5 kilometrdan ortiq bo‘lgan qismi ikki oyga yopiladi.

Muqaddas Ramazon oyi kechalaridagi taroveh namozi munosabati bilan har kuni 18:00 dan 23:00 ga qadar masjidlar yaqinidagi yo‘llar transport vositalari harakati uchun berkitiladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.

11 Aprel

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalari 2021 yil 12 apreldan 14 kunlik onlayn o‘quv tartibiga o‘tkazildi. Ma'lum bo‘lishicha, talabalar orasidan Covid-19 aniqlangan.

10 Aprel

Toshkent metropoliteni vagon eshigi yopilmagan holda harakatlangan poyezd mashinistini ishdan bo‘shatdi. Tarkibning elektr-chilangari va katta ustasi ham lavozimidan ozod etilgan.

2021 yilning 10 aprel kuni o‘zbek romanchilik maktabining asoschisi Abdulla Qodiriy tavalludiga 127 yil to‘ldi. Sana munosabati bilan shu kuni Toshkent shahri Shayxontohur tumani Samarqand darvoza ko‘chasi 35-uy manzilida joylashgan Abdulla Qodiriy uy-muzeyiga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi axborot xizmati tomonidan adabiy press-tur tashkil etildi.  

Sobiq Milliy xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Sayilgoh ko‘chasida joylashgan bosh qarorgohi ommaviy savdolarga qo‘yildi.

Toshkent metrosida Chilonzor yo‘nalishida poyezd «Pushkin» bekatidan «Buyuk ipak yo‘li» bekatigacha eshikni yopmay harakatlangani to‘g‘risida videolavha tarqaldi. Videoda harakat paytida tarkibdagi kamida bitta eshik ochiq qolgani, ochiq eshik yonida bir necha yo‘lovchilar turganini ko‘rish mumkin.

2021 yilning 5 aprel kuni soat 22:00dan 23:30gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida 22 yoshli Dostonjon Q. Toshkent shahri Shayxontohur tumani Samarqand darvoza ko‘chasida joylashgan avtomashinalar yuvish shoxobchasi yonida Alisher A. bilan kelib chiqqan o‘zaro janjal oqibatida unga yonida bo‘lgan pichoq bilan jarohat yetkazgan. 

Toshkent metrosida so‘nggi bir oy ichida to‘rtinchi marta noxush holat ro‘y berdi. Chilonzor yo‘nalishida poyezd «Pushkin» bekatidan «Buyuk ipak yo‘li» bekatigacha eshikni yopmay harakatlandi.

9 Aprel

Rasmiy izohga ko‘ra, «G‘ofur G‘ulom» bekatida texnik sabablar tufayli yo‘lovchilar poyezddan tushirilib, zaxiraga kelgan navbatdagi poyezdga o‘tkazib yuborilgan. Bo‘shagan poyezdni boshqa poyezd shatakka olib, «Beruniy» bekatiga olib kelgan.

Ishlatib bo‘lingan, yaroqsiz batareykalarni yig‘ish uchun maxsus konteynerlar o‘rnatilmoqda. Bu haqda «O‘zeltexsanoat» uyushmasi xabar berdi.

Ko`proq yangiliklar
Top