11 Iyul

Yakkasaroy tumanida yuk mashinasi ko‘prik ostidagi betonga borib urildi. Bu haqda YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda. 

10 Iyul

Toshkent shahar IIBB Post-patrul xizmati xodimlari sud tomonidan 73 yoshli kishiga qarshi kuch ishlatganlikda aybdor deb topildi.

Davlat test markazi tashkilot joylashgan Yunusobod tumanida elektr energiyasida uzilishlar bo‘layotgani sabab abituriyentlar hujjat topshirishda muammoga uchrashi mumkinligidan ogohlantirdi.

Oxirgi 10 kun ichida Toshkentdagi 3-sonli tug‘uruq majmuasida koviddan davolanayotgan 13 nafar ayol farzandli bo‘ldi.

9 Iyul

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qirq uchinchi sessiyasida Toshkent shahar Maktabgacha ta'lim bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Foziljonova Nilufar Hikmatjonovna nomzodi ma'qullandi.

9-10 iyulda respublika bo‘yicha ba'zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s.gacha kuchayishi kutilmoqda, ba'zi joylarda changli bo‘ron bilan 25-30 m/s.gacha kuchayishi mumkin.

8 Iyul

Ijtimoiy tarmoqlarda IIB xodimi keksa erkakni ushlab olib ketmoqchi bo‘layotgani, bu vaqtda bir necha mahalliy fuqaro bilan janjal yuzaga kelgani aks etgan video tarqaldi. Jarayon davomida IIB xodimi vaziyatni videoga olgan shaxsdan hujjat ko‘rsatishni talab qilgan.

7 Iyul

Elektr energiyasi vaqti-vaqti bilan uzilib turishi endi poytaxt Toshkentda ham noodatiy hol emas. Bugun metropolitenning uchta yo‘nalishida qator bekatlar chiroqsiz qoldi, ko‘chalarda svetoforlar ishlamay qolishi holatlari ko‘paymoqda.

Toshkentda «1 so‘m» qiymatda davlat obektini olib berishini aytib, navoiylik fuqarodan 6000 AQSh dollari olgan shaxs ushlangan. Hozirda mazkur shaxsdan jabrlangan boshqa fuqarolarni aniqlash bo‘yicha surishtiruv olib borilmoqda. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.

6 Iyul

Toshkent shahrida YHQ buzilishini onlayn qayd etuvchi fotoradarlar va kameralar o‘rnatilgan manzillar to‘g‘risida ma'lumot berildi. YHXBB rasmiysining Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, kelgusida viloyatlar bo‘yicha ham shu kabi ma'lumotlar ochiqlanadi.

D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filialida talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi, deya xabar bermoqda “O‘zkimyosanoat” AJ matbuot xizmati.

5 Iyul

Yozda daraxt ko‘chirib o‘tkazishga hech qanday ruxsat bo‘lmaydi, sababi ko‘chirilgan daraxt yashab ketmasligi aniq, dedi Islombek Boqijonov Yashnoboddagi "daraxtlar qabristoni" masalasida Kun.uz'ga bergan izohida. Uning so‘zlariga ko‘ra, Sergeli–Qo‘yliq metro yo‘lini qurishda 700dan ortiq daraxtni kesish yoki ko‘chirish bo‘yicha hali ruxsat berilmagan.

Ko`proq yangiliklar
Top