30 Sentabr

Toshkent shahar transport boshqarmasi tomonidan “Mashinasozlar metrosi – Yangi O‘zbekiston bog‘i” yo‘nalishi bo‘ylab yangi avtobus yo‘nalishi tashkil etilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta maktab o‘quvchilarining o‘zaro janjallashayotgani aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB mazkur holat yuzasidan ma'lumot berdi.

29 Sentabr

Toshkent shahar hokimligi Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O‘sarov hokimlik 2017 yil avgustdagi prezident qarori ijrosini ta'minlamayotgani borasidagi e'tirozlariga munosabat bildirdi.

Ma'muriy-hududiy o‘zgarishlar munosabati bilan Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga o‘tuvchi obektlar soni ma'lum bo‘ldi.

27 Sentabr

Joriy yilning 27 sentabr kuni soat 10:20lar atrofida Toshkent metrosining "Xalqlar do‘stligi" bekatidan harakatlanishi lozim bo‘lgan 3-yo‘nalishdagi harakat tarkibida texnik nosozlik aniqlandi. 

25 Sentabr

Ijtimoiy tarmoqlarda tez tibbiy yordam avtomobili ishtirokida YTH sodir bo‘lgani haqida ma'lumot tarqaldi. IIV YHXBB hodisa bo‘yicha xabar berdi.

23 Sentabr

Toshkent shahri Yunusobod tumanida is gazidan zaharlanib vafot etgan ijarada turuvchi besh talaba o‘limida ayblangan ayolga 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

«Olmazor» - «Sergeli» metro yo‘nalishida poyezdlar qatnovi 25 sentabr soat 21:00 dan 26 sentabr soat 07:00 gacha vaqtincha to‘xtatiladi.

Vazirlar Mahkamasi “Toshkent shahri issiqlik ta'minoti tizimini davlat-xususiy sheriklik asosida rivojlantirish to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi.

22 Sentabr

Bugun, 22 sentabr kuni soat 12:58da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Olmazor tumani, Farobiy ko‘chasi 418-uyda joylashgan ikki qavatli, milliy taomlar oshxonasiga mo‘ljallangan binoda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor hamda Yakkasaroy tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda kuchli ta'sir etuvchi dori vositalarini sotayotgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma'lum qildi.

IIV Transportda xavfsizlikni ta'minlash bosh boshqarmasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, joriy yil 18 sentabr kuni soat taxminan 17:00larda Toshkent metrosining «Olmazor» bekatida 2008 yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan A.E.ga nisbatan noma'lum erkak kishi tomonidan behayo harakatlar qilingani holati bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.  

Ko`proq yangiliklar
Top