10 Sentabr

Tabiatga yetkazilgan 797,7 mln so‘m zarar quruvchi tashkilot rahbari tomonidan to‘liq qoplangan, jinoyat ishi doirasida 3 nafar gumonlanuvchi shaxs ushlangan.

9 Sentabr

Yangihayot tumanida yangi qurilgan “Tashkent Index” savdo-ishlab chiqarish majmuasi hududida bo‘sh turgan 10 ming o‘rinli bino bir hafta muddatda DXSh shartlari asosida talabalar uchun turar joyga aylantiriladi. Hokim Jahongir Ortiqxo‘jayev shunday taklif bilan chiqdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Mirobod tumanidagi 110-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi kiyinish xonasiga video kuzatuv kameralari o‘rnatilgani va bundan ota-onalar norozi ekani haqida xabarlar tarqaldi.

Avgust oyida qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etilgani ma’lum qilindi.

Uzbekistan Airways Nukus – Mo‘ynoq – Toshkent yo‘nalishidagi aviaqatnovni yo‘lga qo‘ymoqda.

9-11 sentabr kunlari poytaxtda Tashkent Music Fest 2022 musiqa festivali o‘tkaziladi. 

8 Sentabr

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida Audi avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlarda bu Audi e-tron GT ekanini ko‘rish mumkin, uning taxminiy narxi 140 ming dollardan oshadi.

Prezident tomonidan joriy yil avgust oyida mulk huquqi bo‘yicha yangi farmon imzolandi. 2022 yil 1 sentabrdan boshlab bir qator tartib va talablar bekor qilinyapti.

Ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lish uchun qoidalarni chetlab o‘tgan fuqaroga qonuniy chora ko‘rildi.

Toshkentning Chilonzor ko‘chasidagi daraxtzor tag-tomiri bilan yo‘q qilindi. Kun.uz daraxtlar taqdiri xavf ostida ekani haqida shu yil boshida material tayyorlagan, o‘shanda hududni sotib olgan kompaniya rahbari birorta daraxtga zarar yetkazmaslikka va’da bergandi.

8 sentabr kuni soat 19:30 da Alisher Navoiy nomli davlat akademik katta teatrida 93-mavsum ochilishi munosabati bilan ochiq osmon ostida “Kuz zari og‘ushida Katta Musiqa” konserti bo‘lib o‘tadi. 

7 Sentabr

Poytaxtda ayol kishining pichoq zarbasi erkak kishi o‘limiga sabab bo‘ldi.

Ko`proq yangiliklar
Top