6 Noyabr

Urganch shahridagi korxonalar va ta'lim muassasalarida maxsus sanitariya tuzilmalari tashkil etiladi. Ular favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarga dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.

5 Noyabr

Xorazm viloyatida ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini ko‘zda tutuvchi «Yashil makon» loyihasi doirasidagi ishlar boshlandi.

Samarqand, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida fuqarolarga soxta PZR-testlar tayyorlab berayotgan shaxslar ushlangan. Bu haqda IIV Transport va turizm obektlarida xavfsizlikni ta'minlash departamenti xabar bermoqda.

3 Noyabr

Xorazm viloyati, Hazorasp tumanidagi 21-sonli umumta'lim o‘rta maktabi sobiq direktori, Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining deputati M.J. pora olganlikda sud tomonidan aybdor deb topildi. Deputatlik faoliyati ham muddatidan oldin tugatildi.

2 Noyabr

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urganch shahar bo‘limi hamda DXX Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda firibgarlik jinoyati bilan bog‘liq holat fosh etildi.

1 Noyabr

Xorazm viloyatida mahallaning o‘zida turib, barcha masalalarni hal qilish maqsadida respublikada ilk marotaba tajriba tariqasida hokim yordamchisi lavozimi joriy etilyapti.

Urganchning «Xorazm» klubi Pro-Liga 2021 yilgi mavsumida 5-o‘rinni egalladi. Moliyaviy imkoniyatlar va futbolchilar salohiyatidan kelib chiqilsa, bu natija kutilganidek bo‘ldi.

31 Oktabr

Hazorasp tuman sudining «Pahlavon Mahmud» mahallasida o‘tkazilgan sayyor sud majlisida qonunga xilof ravishda xorijga chiqqan ayol va otasining mulkini o‘g‘irlagan yigitga hukm o‘qildi.

Kun.uz'ga Xiva tumani maktablarida o‘qituvchilar “Qonun himoyasida” jamoat birlashmasiga majburiy a'zo qildirilayotgani iddao qilingan murojaat kelib tushdi. Birlashmaning o‘zi va tuman XTB buni inkor etdi.

30 Oktabr

Xorazm viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Bog‘ot tuman inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan ekologik reyd tadbirida daraxtlarni noqonuniy kesib tashlash holati aniqlangan.

29 Oktabr

U mansab vakolatini suiiste'mol qilib, pandemiya davrida koronavirusga qarshi kurashish uchun ajratilgan mablag‘lardan foydalanishda davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan. 

Respublika sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati (SEO va JSX) 12 yoshdan oshgan bolalarni koronavirusga qarshi Pfizer/BioNTech vaksinasi bilan emlashga ruxsat berdi.

Ko`proq yangiliklar
Top