Boysun tumanining Padang qishlog‘ida ichida 9 kishi bo‘lgan Damas mashinasi jarlikka tushib ketdi. Kun.uz manbasiga ko‘ra, 6 kishi, jumladan 3 nafar bola voqea joyida vafot etgan. Ular tog‘ga dam olishga borishgan.
Samarqand viloyati FVB boshlig‘i Surxondaryo viloyatida shu lavozimga o‘tdi. Uning o‘rnini shu vaqtgacha Surxondaryo viloyati FVBga rahbarlik qilgan hamkasbi egalladi.
Jarohatlanganlarning ikki nafari Qozog‘iston fuqarosi bo‘lgani aytilmoqda.
Surxondaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Anvar Oripov Qiziriq tumani hokimi etib tayinlandi.
Sherzod Rajabov viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Ushbu lavozimida ishlab kelgan Anvar Oripov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Turkiyaning quyosh elektr stansiyalari qurish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “Akgun enerji” kompaniyasi bosh direktori Kemal Gunay boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Sariosiyo tumanida ayol kishi boshqaruvidagi Nexia 3 yo‘ldan chiqib ketib, beton to‘siqqa urilgan. Avtomobilda yong‘in ro‘y bergan, ayol va uning ikki farzandi voqea joyida halok bo‘lgan. Yana ikki kishi shifoxonaga yotqizilgan.
Gaz tarmog‘iga ulanishga ruxsat berishi uchun tadbirkordan 700 AQSh dollari talab qilgan bo‘lim boshlig‘i ushlandi.
Tashrif davomida erkin iqtisodiy zona, logistika markazlari, ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishish rejalashtirilgan.
Aholi xonadonlari loyqa suvdan tozalanib, ko‘chalarga qum-shag‘al yotqizilib, chetlariga turli daraxtlar ekilayotgani aytilmoqda.
Qumqo‘rg‘on tumanida sodir bo‘lgan sel-suv toshqini oqibatida 360 kishi xavfsiz hududda joylashgan yaqin qarindoshlarining uylariga vaqtincha ko‘chirildi.
Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida ichimlik suvi va oqova xizmatlar bo‘yicha 2024 yil 1 aprelidan amalda qo‘llanadigan yangi tariflar tasdiqlandi.