1 Sentabr

Prezidentning “Surxondaryo viloyati va Toshkent shahrida maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga o‘zgartirishlar kiritiladi.

26 Avgust

Shu paytgacha amaldorlarning yig‘ilishlarda boshqalarni haqorat qilgani, so‘kingani aks etgan audio va videolar internetda ko‘p marta tarqalgan.

24 Avgust

Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolovning navbatdagi audiosi tarqaldi. Audioda Bobolov “Surxon tongi” gazetasini kerakli miqdorda obuna qila olmayotgan mutasaddilarga qattiq tanbeh bergani eshitiladi.

23 Avgust

Hodisada 2 kishi halok bo‘lgan, 6 kishi yaralangan. Voqea yuzasidan O‘zbekiston va Afg‘onistonning vakolatli vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan muzokarada, O‘zbekiston TIV xabariga ko‘ra, “har ikki tomondan ham mazkur hududda taranglikni yuzaga keltirgan ayrim qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani” ta’kidlangan.

21 Avgust

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida joylashgan Sangardak qishlog‘i turizm qishlog‘i sifatida tobora tanilmoqda. Bu manzil o‘zining mashhur sharsharasi bilan azaldan odamlar e’tiborini tortib kelgan.

19 Avgust

Angor tumani Bandlik markazining sobiq direktori 30 dan ortiq kambag‘alning nomiga soxta hujjatlar bilan subsidiya ajratib, jinoiy sheriklari bilan pullarni “yeb yuborgan”. Shunga qaramay, u tez orada yangi lavozimga tayinlangan: hozir tuman hokimligining Mahallabay ishlash markazi direktori bo‘lib ishlayapti – bu esa sud hukmiga zid.

18 Avgust

Bank xodimlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kun.uz manbasining ma’lum qilishicha, viloyat hokimi To‘ra Bobolov o‘ziga yaqin tanish bo‘lgan shaxsni jinoiy javobgarlikka tortgani uchun Angor tuman prokurorini haqorat qilib, tergovga to‘g‘ridan to‘g‘ri aralashgan.

16 Avgust

"Tashabbusli budjet"ning 2-mavsumi uchun fuqarolardan kelib tushgan 61 566 ta taklifdan 22 foizi Surxondaryo viloyatiga to‘g‘ri keldi. Loyihada respublikadagi barcha mahallalarning 98 foizi ishtirok etyapti. Moliya vazirligi eng faol 30 ta mahalla nomini e’lon qildi.

Holat bo‘yicha Qiziriq tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

10 Avgust

Bugun, 10 avgust kuni O‘zbekiston va Tojikiston mudofaa vazirlari - general-leytenant Bahodir Qurbonov hamda general-polkovnik Sherali Mirzo Surxondaryo viloyatida «Hamdo‘stlik-2022» o‘zbek-tojik hamkorlikdagi o‘quv mashqlari asosiy bosqichini kuzatdi.

7 Avgust

Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida tadbirkordan 1500 dollar talab qilgan elektr ta’minoti korxonasi rahbari ushlandi.

Ko`proq yangiliklar
Top