8 Sentabr

Kun.uz surishtiruvidan ma’lum bo‘lishicha, Navoiy viloyatidagi 1650 ta ehtiyojmand oilaning har bir farzandiga maktab formasi uchun ajratilgan 300 ming so‘mdan pul ro‘yxatdagi hammaga ham yetib bormagan. Xatirchida esa pul emas, narxi 300 ming so‘mdan arzon maktab formasi tarqatilgan va odamlardan go‘yoki ular naqd pul olgani haqidagi hujjatga imzo qo‘ydirib olingan.

4 Sentabr

2022 yilning 4 sentabr kuni Zarafshon daryosida yirik ekologik inqiroz takrorlandi: minglab baliqlar noma’lum sabab tufayli nobud bo‘ldi.

30 Avgust

Prezident farmoniga muvofiq, 100 yoshdan oshgan bir guruh o‘zbekistonliklar «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi. Ular orasida Qiziltepa tumanida yashovchi 102 yoshli Hamro momo Muslimova ham bor.

28 Avgust

Respublika bo‘yicha 395 299 nafar bitiruvchidan 104 065 nafari OTMlarga o‘qishga qabul qilingan. 

27 Avgust

“Navoiyazot” tomonidan oqizilgan zararli moddalar sabab Zarafshon daryosidagi minglab baliqlar qirilib ketganiga qariyb bir yil bo‘ldi. Shuncha muddat o‘tgan bo‘lsa ham tergov harakatlari hamon yakuniga yetmagan. Bosh prokuratura holatni o‘z nazoratiga olgani aytilgandi. 

22 Avgust

Xatirchi tumanining Tasmachi mahallasida mayiz bozori bor. Haftada ikki kun bo‘ladigan bozorda 170 tonnagacha mayiz sotiladi. Xaridorlar turli viloyatlardan kelishadi. Mazkur qishloqda uzumchilik bilan shug‘ullanmaydigan xonadonni topish qiyin.

9 Avgust

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda joriy yil o‘tgan davr mobaynida erishilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ko‘rib chiqildi. 

4 Avgust

Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida yashovchi Otabek Mamanazarov tomorqada pavlovniya daraxtini yetishtirib, daromad qilishni ko‘zlamoqda. 4 oy oldin o‘tqazilgan nihollarning soat sayin o‘sishi tomorqa egasini ham, qishloq aholisini ham hayratga solyapti.

3 Avgust

2022 yilning yanvar-iyun oylarida viloyatda bojxona xodimlari tomonidan 377 ta huquqbuzarlik holatlari aniqlangan hamda 4 mlrd 466 mln so‘mlik tovar-moddiy boyliklar ushlab qolingan. Bu haqda Kun.uz’ga viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

1 Avgust

Navoiy viloyatida mayning uchun mo‘ljallangan qurilmalarni o‘g‘irlagan shaxslar fosh qilindi.

29 Iyul

Boshi biroz og‘rigani tufayli shifokor qabuliga borgan o‘qituvchi ayol uyiga qaytmadi: shifokorning “ukol”idan so‘ng u soniyalar ichida vafot etgan. Muolaja qilgan 68 yoshli shifokor o‘sha lahzada shoshib qolganini aytmoqda.

22 Iyul

Nukus shahridagi dehqon bozorida 45 000 so‘mdan mol go‘shti sotilmoqda.

Ko`proq yangiliklar
Top