24 Aprel

Hayot hammani har xil sinaydi. Kimnidir boylik, kimnidir amal, kimnidir nochorlik bilan. Bugun bizga taqdirini gapirib bergan Guliston Rahimova mardikorlik bilan kun ko‘radi.

Toshkentda reklama bilbordlariga keng miqyosli «snos» e'lon qilinishi ortidan so‘nggi haftalarda yuzlab tashqi reklama obektlari mahalliy hokimiyatlar tomonidan hech qanday hujjatsiz buzib tashlanmoqda. Tadbirkorlar Vazirlar Mahkamasining «Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida» 104-sonli qaroriga ko‘ra, hokimliklar bu ishlarni faqat sud tartibida amalga oshirish kerakligini aytmoqda.

23 Aprel

Toshkentning Sergeli tumanida yo‘l qurilish ishlari olib borilishi munosabati bilan 2-Sergeli katta suv o‘tkazgich tarmog‘ida ta'mirlash ishlari olib boriladi.

Toshkent shahar IIBB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi xodimlari poytaxtda 30 gramm radioaktiv material sotmoqchi bo‘lgan fuqarolarni qo‘lga oldi. 

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalari o‘qishni masofaviy ta'lim shaklida davom ettirishadi. Bu haqda universitet axborot xizmati xabar berdi.

22 Aprel

Toshkent shahar IIBB xodimlari fuqarolardan pichoqlar va boshqa xavfli buyumlarni aniqlash ishlarini davom ettirmoqda. 

Toshkent shahar va Andijon viloyati bojxona boshqarmalari tomonidan O‘zbekistonga noqonuniy ravishda olib kirilayotgan Tramadol, Lirika va Regapen kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalari aniqlandi.

Yangihayot tumanida yuk avtomobili ag‘darilishi oqibatida yong‘in yuzaga keldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar bermoqda.

Toshkent shahri Yangihayot tumani Al-Farg‘oniy mahallasida 1 oy davomida olib borilgan ishlar natijasida, 5ta ko‘p qavatli uyning fasad qismi yangilandi, 2ta tom joriy ta'mirlanib, ichki ko‘chalarning 983 m² qismiga asfalt, 2100 m² qismiga beton yotqizilgan. 

21 Aprel

20 aprel kuni Toshkent shahridagi Anhor kanalining Shayxontohur tumani Labzak mahallasi Zulfiyaxonim ko‘chasidan oqib o‘tuvchi qismidan noma'lum erkakning jasadi topilgan. Ma'lum bo‘lishicha, kanalda odam jasadi oqib ketayotganini Xalq ta'limi vazirining matbuot kotibi Laylo Rustamova ko‘rib qolgan.

Kun.uz holat yuzasidan hodisa yuz bergan hudud – Shayxontohur tuman hokimligi bilan bog‘landi. Ammo hokimlik bu masalada izoh berolmasligini bildirdi.

20 Aprel

Kun.uz'ga murojaat qilgan bir guruh tadbirkorlarning aytishicha, Toshkent shahrida ularga tegishli tashqi reklama obektlari mahalliy hokimiyatlar tomonidan hech qanday hujjatsiz buzib tashlanmoqda.

Ko`proq yangiliklar
Top