16:28 / 25.08.2021
20798

OTMlarda yangi o‘quv yili an'anaviy shaklda boshlanadi

2021/22 oliy o‘quv yili bakalavriat va magistratura talabalari uchun an'anaviy (oflayn) shaklda, 6 sentyabrdan boshlanadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi ma'lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, 23 avgust kuni bakalavriatga qabul imtihonlari to‘liq yakunlandi.

Ayni paytda barcha abituriyentlarning imtihonda to‘plagan ballari mandat.dtm.uz saytida e'lon qilib bo‘lingan. Yakuniy natijalar hozircha e'lon qilinmadi.

Bu yil bakalavriatga 158 mingga yaqin, magistraturaga 13 mingga yaqin talaba qabul qilinadi.

Emlangan talabalarga to‘lov-kontraktda 10 foizlik chegirma e'lon qilingan.

Top