02:23 / 27.04.2018
12056

Yevropa Ligasi. "Arsenal" "Atletiko"ni yenga olmadi, "Marsel"da ishonchli g‘alaba

Foto: Reuters

2017/18 yilgi Yevropa Ligasi 1/2 finalining ilk uchrashuvlari o‘tkazildi. 

"Arsenal" o‘z maydonida "Atletiko Madrid"ni qabul qilib, 1:1 hisobidagi durang qayd etdi. 

61-daqiqada Lyakazett londonliklarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, o‘yinning asosiy vaqti tugashiga 8 daqiqa qolganida Grizmann jamoasining durang qayd etishini ta'minladi. 

"Marsel" esa o‘z maydonida "Red Bull"ni qabul qilib, ishonchli g‘alabaga erishdi. 

15-daqiqada Toven hisobni ochdi. 63-daqiqada N`Ji gol urib, jamoasining ishonchli g‘alabasini ta'minladi. 

Yevropa Ligasi. 1/2 final
Ilk uchrashuvlar

Arsenal Angliya – Atletiko Ispaniya 1:1
Gollar: 1:0 – 61 Lyakazett, 1:1 – 82 Grizmann.
Arsenal – Ospina, Mustafi, Monreal, Belerin, Koselni, Uilsher, Djaka, Remzi, Ozil, Uelbek, Lyakazett.
Atletiko – Oblak, Ximenes, Lyuka Ernandes, Vrsalko, Godin, Saul, Parti, Koke, Korrea (Savich, 75), Gameyro (Gabi, 65), Grizmann (Torres, 85).
Ogohlantirish: Vrsalko (2).
Chetlatish: Vrsalko (10).

Marsel Fransiya – Red Bull Avstriya 2:0

Gollar: 1:0 – 15 Toven, 2:0 – 63 N`Ji.
Marsel – Pele, Sarr, Rami, Amavi, Payyet, Luis Gustavo, Okampos (Zambo-Angissa, 52), Lopes (N`Ji, 60), Toven (Jyermen, 81), Sanson, Mitroglu.
Red Bull – Valke, Ramalo, Ulmer, Layner, Chaleta-Tsar, Edara (Yabo, 81), Samasseku, Volf (Shlager, 68), Berisha, Xvan Xi Chxan (Gulbrandsen, 60), Dabur.
Ogohlantirishlar: Lopes (20), Volf (22), Mitroglu (90).

Mavzuga oid
Top