Jamiyat | 21:06 / 17.10.2015
162119
2 daqiqa o‘qiladi

Naqadar go‘zalsan, oltin kuz!

Yoz tugab, o‘rnini maftunkor, oltin kuz fasliga bo‘shatib berdi. Betakror kuzning go‘zalliklaridan bahramand bo‘lish istagida bo‘lsangiz, quyidagi suratlarga boqing.

Kuz har kuni fotoapparat bilan yurish lozim bo‘lgan fasldir.

Va sovuq qishga astoydil tayyorgarlik ko‘rish mavsumi.

Kuz yangi rejalar, yangi umidlar davri.

Ko‘chada sayr qilar ekansiz, beixtiyor bolalik davringizga tushib qolasiz.

Tanho qolgingiz va xotiralar og‘ushiga cho‘mgingiz keladi.

Va har bir lahzani xotirangizga muhrlaysiz.

Bu faslda havo kuz iforiga to‘ladi.

Kuz xotirjamlik fasli.

U xuddi tulkiga o‘xshaydi: sariq, o‘yinqaroq, yumshoq va iliq.

Atrof xuddi chiroyli ertak sahifalaridan paydo bo‘lganga o‘xshaydi.

Yil davomida qilingan mehnat hosilini yig‘ish vaqti.

Yaproqlar gullarga aylanadi.

Kun bo‘yi daraxtzorda sayr qilgingiz keladi.

Faqat kuzda to‘kilgan yaproqlarning shitirlashidan qalbingiz to‘lqinlanadi.

Bu qishki dasturxon uchun tayyorgarlik ko‘rish mavsumi.

Yengil tumanlar va yorqin quyosh davri.

Kuzgi o‘rmon bo‘ylab sayr qilish davri.

Butun atrof maftunkor ko‘rinish oladi.

Barcha ishlarni yig‘ishtirib, do‘stlar bilan diydorlashgingiz keladi.

Sovuq oqshomlarda esa issiq kamin oldida o‘tirib xushbo‘y choy ta'midan rohatlanasiz.

Manba: Xabardor.uz