21:30 / 07.02.2016
5137

Shveytsariya hukumati shovqin sababli "shovqinsiz" diskotekalarni taqiqlab qo‘ydi

Shveytsariyaning Lozanna shahri hokimiyati "shovqinsiz" diskotekalarni ular ko‘p shovqinga sabab bo‘layotgani tufayli taqiqlab qo‘ydi, deb xabar bermoqda The Independent nashri.

Bunday diskotekalar bar va bistrolarning yassi tomlarida o‘tkazilgan. Shovqinsiz diskotekalarning o‘ziga xos jihati shundaki, bu yerda musiqa dinamiklardan emas, balki quloqchinlardan (naushnik) yangraydi.

Biroq mahalliy aholi shovqindan shikoyat qilgan. Xususan, bunga diskotekaga kelganlarning muntazam ravishda baland ovozda qo‘shiq kuylashlari asosiy sabablardan biri bo‘lgan.

Shovqinsiz diskotekalar tashkilotchisi Oliver Meylan shaharda yoshlar orasida ommabop bo‘lgan tadbirlar yo‘qligini aytgan. Uning aytishicha, u bunday diskotekalarni Lozannaga qo‘shni shaharda o‘tkazganidan keyin uni Lozannada o‘tkazmoqchi bo‘lganida, bar egalarining bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlashiga qaramasdan, Lozanna hokimiyati unga buni amalga oshirishga ruxsat bermagan.

Top