Jamiyat | 11:36 / 03.03.2016
9606
1 daqiqa o‘qiladi

Natalya Krachkovskaya vafot etdi

“Ivan Vasilich kasbini o‘zgartiradi” filmida “seniyam davolashadi, seniyam davolashadi... meniyam davolashadi” replikasi bilan qalblarda muhrlangan aktrisa Natalya Krachkovskaya 77 yoshida olamdan ko‘z yumdi. U Moskva klinikalarining birida vafot etgan, deb xabar bermoqda RIA "Novosti"

Aktrisa kasalxonaga yuruk xurujidan so‘ng olib kelingan va jonlantirish bo‘limida saqlangan.

Krachkovskaya 1938 yil 24 noyabrda Moskvada tug‘ilgan. U 70 dan ortiq filmlarda suratga tushgan. Odatda u ikkinchi darajali rollarni ijro etgan.

Ma'lumot uchun eslatamiz, aktrisa bir umr romantik filmda bosh rolni ijro etishni orzu qilgan. Lekin unga doim komediya janridagi ikkinchi darajali rollarni taklif etishgan.

Ortiqcha vazndan qutulsam, orzuimga yetaman degan umid bilan shubhali dorilarni davomli qabul qilish oqibatida jiddiy xastaliklarni orttirib olgan edi.