15:17 / 22.09.2020
31512

JSST dunyoda koronavirus tarqalishi holatlari rekord darajada qayd etilganini ma'lum qildi

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, butun dunyo bo‘yicha kasallanish holatlari soni 31,5 millionga yetgan, qariyb 968 ming kishi vafot etgan.

Foto: EPA/Vostock-photo

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) dunyoda COVID-19 koronavirusi tarqalishi kuchaygani haqida ogohlantirdi.

 Tashkilotning ma'lumot berishicha, o‘tgan hafta davomida dunyo bo‘yicha qariyb 2 mln yangi holatlar qayd etilgan, bu avvalgi haftadagiga nisbatan olti foizga ko‘pdir.

"Gap epidemiya boshlanganidan buyon bir hafta ichida eng ko‘p kasallanish holatlari aniqlangani haqida bormoqda", - deyiladi JSST tomonidan.

Worldometer saytining ma'lumotlariga ko‘ra, butun dunyo bo‘yicha kasallanish holatlari soni 31,5 millionga yetgan, qariyb 968 ming kishi vafot etgan.

Eng ko‘p holatlar AQSh (7 mln), Hindiston (5,5 mln) va Braziliyaga (4,5 mln) to‘g‘ri keladi.

 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top