12:02 / 05.08.2020
4834

Farg‘onada o‘g‘it olmoqchi fuqaroni 25 000 dollarga «uxlatishdi»

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Foto: Tergov departamenti

2020 yilning mart oyining boshlarida Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida 26 yoshli S.N. tanishi 37 yoshli B.Q.ga uning pullari evaziga ulgurji narxlarda qishloq xo‘jaligi mineral o‘g‘itlarini olib sotish biznesi bilan shug‘ullanishini va foydasidan B.Q., pullarini qaytarib berishini aytgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, S.N. aldab, B.Q.dan jami 25.000 AQSh dollari pullarini olib, shu kunga qadar qaytarib bermasdan kelayotganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Buvayda tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Top