Qirg‘iziston davlat bayrog‘i rasman o‘zgartirildi
Prezident Sadir Japarov mamlakat bayrog‘ining yangi variantini tasdiqladi.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov davlat ramzlari to‘g‘risidagi qonunga kiritilgan o‘zgarishlarni tasdiqladi, unga ko‘ra mamlakat bayrog‘i o‘zgartirildi.
Yangi qonunga ko‘ra, Qirg‘iziston Respublikasi bayrog‘idagi quyosh nurlarining to‘lqinsimon shakli to‘g‘ri chiziqli shaklga o‘zgartirildi.
Qayd qilinishicha, davlat bayrog‘i tasviri tushirilgan barcha turdagi rasmiy hujjatlar muddati tugagunga qadar amal qiladi. Avtomobil raqamlari, transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomalari va amal qilish muddati ko‘rsatilmagan boshqa hujjatlar almashtirish to‘g‘risida alohida qaror qabul qilingunga qadar amalda bo‘ladi.
Qirg‘iziston davlat bayrog‘ini o‘zgartirish tashabbusi prezident Sadir Japarov tomonidan ko‘rsatildi. Uning va o‘zgarish tarafdorlarining fikriga ko‘ra, «bayroq markazidagi quyosh nurlari to‘lqinsimon bo‘lgani sababli odamlarni chalg‘itmoqda, jumladan, kungaboqar guliga o‘xshab qolmoqda».
Ammo Qirg‘iziston davlat bayrog‘ining yangi varianti ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab bahs-munozarlarga sabab bo‘ldi. O‘zgarishga qarshi bo‘lganlar birinchi navbatda quyosh nurlarining to‘g‘ri chiziq shakliga keltirilishi oqibatida uning tikanakka o‘xshab qolganini qayd qilishdi.
Mavzuga oid
16:45 / 13.12.2024
Ozodbek Nazarbekov Qirg‘iziston xalq artisti unvoni bilan taqdirlandi
17:01 / 09.12.2024
Qirg‘iz hukumati «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temir yo‘li qurilishi uchun yer ajratdi
17:52 / 07.12.2024
Qirg‘iziston prezidenti AQSh va Yevropani «Tolibon»ni tan olishga chaqirdi
18:28 / 06.12.2024