O‘zbekiston | 14:45 / 28.12.2022
27686
4 daqiqa o‘qiladi

Uzum Market marketpleysida elektronika va maishiy texnikalarning 300 dan ortiq xalqaro va mahalliy brendlari taqdim etilgan

Foto: Uzum Market

Uzum Market marketpleysida mamlakatimizning barcha hududlaridan tadbirkorlar, shuningdek, yirik ishlab chiqaruvchilar va rasmiy distribyutorlar o‘z mahsulotlarini sotmoqdalar – hozirda marketpleysda Artel, Bosch, Viessmann, Shivaki, Avalon, Beko, Braun, Gefest, LG, Tefal, Philips, Sony va boshqa ko‘plab brendlar taqdim etilgan.

Yirik ishlab chiqaruvchilar va distribyutorlar uchun marketpleysga chiqish savdo geografiyasini kengaytirish, shuningdek, yangi savdo kanallaridan foydalanish imkoniyatini yaratadi. Marketpleysning logistik imkoniyatlari va marketing vositalari kompaniyalarga o‘z infratuzilmasini rivojlantirishga vaqt va pul sarflamasdan tezda yangi mijozlarni jalb qilish va savdoni oshirish imkonini beradi.

Marketpleysning asosiy muvaffaqiyat omillari bu – assortiment kengligi va xizmat ko‘rsatish sifati. Cheksiz onlayn javonda yirik brendlar mahsulotlari, jumladan, noyob ShSB ham, shuningdek kichik kompaniyalar takliflari ham taqdim etiladi, – deydi Uzum Market marketpleysi bosh direktori o‘rinbosari Akmal Rahimov. – Shu bilan birga, yirik brendlar ham, mahalliy biznes ham, kimdir taklifning o‘ziga xosligi tufayli, kimdir esa o‘z narx toifasidagi yetakchilik tufayli bizdan o‘z xaridorlarini topadi. Geografiya kengayishi bilan bizning platformamizda o‘z mahsulotlarini sotadigan tadbirkorlar soni ham ortadi, chunki ular Uzum Marketʼda sotiladigan tovarlarni o‘z shaharlaridagi tarqatish nuqtalariga olib kelishlari mumkin bo‘ladi, bu esa xizmatimizni juda kichik kompaniyalar uchun ham qulayroq qiladi.

Uzum Market bilan hamkorlik biz uchun yangi kanallar hisobiga savdo geografiyasini kengaytirish, shuningdek, marketpleyslarni faol o‘rganayotgan foydalanuvchilarni jalb qilish imkoniyatidir, — deydi Artel korporativ mijozlari bilan ishlash departamenti direktori Kamoliddin To‘laganov. — Xizmat qanchalik tez rivojlanib, geografiyasi kengayib borayotganini ko‘rib, ishimizning dastlabki natijalarini baholar ekanman, ayni vaqtda biz Uzum bilan hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanimizni bildiraman. Bugungi kunda marketpleysda 170 ga yaqin mahsulot nomi taqdim etilgan va biz ushbu assortimentni faol ravishda kengaytirishni rejalashtirmoqdamiz. 

Butun mamlakat bo‘ylab mahsulot sotishni boshlash uchun Uzum Market platformasida ro‘yxatdan o‘tish, mahsulot kartalarini to‘ldirish va Toshkent shahridagi omborga yoki buyurtmalarni tarqatish punktiga tovarlarni olib kelish kifoya – shu bilan birga kichik partiya bilan ham ish boshlash mumkin, bu esa boshlang‘ich tadbirkorlar va kichik biznes uchun qulaydir.

Bugungi kunda Uzum Market marketpleysida mamlakatimizning barcha hududlaridan 500 dan ortiq tadbirkor va kompaniyalarning 200 mingga yaqin noyob mahsulotlari taqdim etilmoqda. Buyurtmalarni tarqatish punktlari va kurerlik yetkazib berish xizmati mamlakatning 17 ta shahrida mavjud. 2023 yilda marketpleys o‘z assortimentini 800 000 ta noyob mahsulotgacha kengaytirishni rejalashtirmoqda.

Reklama

Mavzuga oid