01:20 / 27.04.2018
8979

Yevropada aholisi eng ko‘p mutolaa qiluvchi davlatlar reytingi ma'lum qilindi 

Yevropa ittifoqining statistik xizmati (Eurostat) Butunjahon kitob va muallif huquqi kuniga bag‘ishlangan, Yevropaning 15 davlatida 2008 yildan 2015 yilgacha o‘tkazilgan tadqiqot natijalarini e'lon qildi. 

Eurostat ma'lumotlariga ko‘ra, Yevropaning aholisi eng mutolaa qiluvchi davlatlari reytingiga Estoniya boshchilik qilmoqda. Bu davlat aholisi kitob o‘qishga kuniga o‘rtacha 13 daqiqa ajratar ekan. 

Undan keyingi o‘rinlarni polyaklar va finlar egallamoqda – 12 daqiqa.

Vengriya fuqarolari kitob o‘qishga kuniga 10 daqiqadan, greklar esa 9 daqiqadan vaqt sarflar ekanlar.

Turkiya, Lyuksemburg va Germaniya fuqarolari esa kuniga 7 daqiqadan kitob o‘qisharkan. Keyingi o‘rinni britaniyaliklar, ispanlar va niderlandiyaliklar egalladilar.

Ruminiya, Avstriya va Italiyada yashovchilar esa kitob o‘qishga kuniga 5 daqiqa vaqt ajratishar ekan.

Tadqiqotga ko‘ra, eng kam mutolaa qiluvchilar fransuzlar ekan: ular kuniga 2 daqiqadan kitob o‘qish bilan kifoyalanib qolarkanlar.

Turkiyaning 10 foiz aholisi mutolaa qilishni hordiq vaqtidagi eng sevimli mashg‘ulotlaridan biri ekanini aytgan. Xuddi shunday javobni 16,8 foiz finlar va  16,4 foiz polyaklar bildirganlar.

Top