Qirg‘iziston barcha mamlakatlar fuqarolari uchun chegaralarini ochdi
Yo‘lovchilar samolyotga chiqishda 72 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddat ichida koronavirusga topshirgan testi natijasini ko‘rsatishlari lozim.
Qirg‘iziston barcha mamlakatlar fuqarolari uchun chegaralarini ochdi. Koronavirus pandemiyasi sababli kiritilgan cheklovlar olib tashlanganligi to‘g‘risida Qirg‘iziston TIV ma'lum qildi.
«4 dekabrdan boshlab xorij fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar muntazam aviaqatnovlar orqali Qirg‘izistonga kelishlari mumkin», — deyiladi TIV xabarida.
Qayd etilishicha, yo‘lovchilar samolyotga chiqishda 72 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddat ichida koronavirusga topshirgan testi natijasini ko‘rsatishlari lozim.
Bundan tashqari, Qirg‘izistonga kelgandan so‘ng sanitar-karantin punktlari xodimlari tomonidan test natijasi tekshiriladi. Agarda parvoz davomiyligi yoki reys kechikishi tufayli test natijasi muddati o‘tib ketgan bo‘lsa, u holda fuqaro yana bir marta test topshirishi shart.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistonda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 74,7 mingdan ortiq holat qayd etilgan.
Mavzuga oid
16:45 / 13.12.2024
Ozodbek Nazarbekov Qirg‘iziston xalq artisti unvoni bilan taqdirlandi
17:01 / 09.12.2024
Qirg‘iz hukumati «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temir yo‘li qurilishi uchun yer ajratdi
10:10 / 09.12.2024
Qozog‘iston chegara punktlarida yangi elektron navbat tizimi joriy etilmoqda
17:52 / 07.12.2024