O‘zbekiston | 07:25 / 25.11.2021
3453
2 daqiqa o‘qiladi
Davlat mulki sifatida ro‘yxatdan o‘tgan yer maydonlari elektron tanlovga qo‘yiladi
Prezident “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Kadastr agentligi bilan birgalikda:
- 2021 yil 31 dekabrga qadar tumanlar (shaharlar) hisobidagi bo‘sh turgan va zaxiradagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarining davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini;
- mazkur qarorga ilovalarda ko‘rsatilgan yer maydonlari tegishli yildagi hosil yig‘ib olingandan keyin tuman (shahar) hokimliklarining zaxirasiga belgilangan tartibda qaytarilishi va davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini;
- zaxiraga olingan yer uchastkalarini davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlari tuman (shahar) hokimliklari buyurtmasiga asosan amalga oshirilishini hamda tuman (shahar) mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishini;
- davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan yer maydonlarining 0,10 gektardan 1,0 gektargacha bo‘lgan hajmlarda lotlarga ajratilib, bir oy ichida ochiq elektron tanlovga qo‘yilishini;
- yer to‘g‘risidagi qonunchilik va ijara shartnomasi talablari bajarilmaganda, jumladan, ijaraga berilgan yer uchastkasidan oqilona foydalanilmaganda yerga bo‘lgan huquq Yer kodeksi va “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunga asosan bekor qilinishi haqida dehqon xo‘jaliklari orasida tushuntirish ishlari olib borilishini ta'minlaydi.
Mazkur topshiriq ijrosini o‘z vaqtida ta'minlamagan tuman (shahar) hokimlari qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirildi.
Mavzuga oid
12:22 / 23.12.2024
Kurash trenerlari va hakamlarini xorijiy davlatlarga “eksport” qilish yo‘lga qo‘yiladi
11:18 / 27.11.2024
Milliy simfonik orkestri xodimlari maoshi oshiriladi
11:09 / 08.11.2024
Andijonda kottejlar qurish uchun yer hujjatini rasmiylashtirib berish evaziga 230 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
10:19 / 08.11.2024