8208.04 USD +26.96

9490.14 EUR +63.08

123.85 RUB +1.12

10796.9 GBP +61.65

18:40 / 28.12.2017 120398

Ramazon hayit va Qurbon hayit bayramlariga ham qo'shimcha 3 kunlik dam olish kunlari belgilanadi

2018 yilda 2 yanvar – seshanba, 20 mart – seshanba, 31 avgust – juma kunlari qo'shimcha dam olish kunlari etib belgilandi. Bu O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Rasmiy sanalarni bayram qilish davrida qo'shimcha dam olish kunlarini belgilash va 2018 yilda dam olish kunlarini ko'chirish to'g'risida»gi farmonida keltirilgan.

Farmonga muvofiq, 2018 yilda quyidagi dam olish kunlari ko'chirildi: 

6 yanvar - shanbadan 3 yanvar - chorshanbaga; 
17 mart - shanbadan 19 mart - dushanbaga; 
24 mart - shanbadan 22 mart - payshanbaga; 
25 avgust - shanbadan 23 avgust - payshanbaga; 
26 avgust - yakshanbadan 24 avgust - jumaga; 
8 sentabr - shanbadan 3 sentabr - dushanbaga; 
15 sentabr - shanbadan 4 sentabr - seshanbaga; 
29 dekabr - shanbadan 31 dekabr - dushanbaga.

Prezident matbuot xizmati O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo'shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko'chirish to'g'risida»gi Farmoniga sharh berdi.

O'zbekiston Respublikasida aholining yashash farovonligi va turmush darajasini ko'tarish, xodimlarning mehnat qilishi va dam olishiga qulay sharoitlarni yaratish, ularning yuqori ijtimoiy faolligini qo'llab-quvvatlash, har tomonlama ichki turizm va oilaviy dam olishni rivojlantirilishi hisobiga mamlakatimizning tarixiy-madaniy boyligi, uning noyob tabiiy resurslari bilan chuqur tanishish uchun fuqarolarga imkoniyatlarni kengaytirilishi bo'yicha izchil choralar amalga oshirilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo'shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko'chirish to'g'risida»gi Farmoni davlat bayramlari davrida, qonunchilikda belgilangan dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlarida fuqarolarga to'liq va foydali dam olish uchun qo'shimcha sharoitlarning yaratilishini ta`minlashga qaratilgan.

Shu maqsadda 2018 yilda Yangi yil, Navro'z va Mustaqillik kuni davlat bayramlariga to'g'ri kelgan qo'shimcha ishlanmaydigan kunlar qonunchilikda belgilanmoqda, shuningdek ayrim dam olish kunlarini ushbu bayram sanalariga yaqin bo'lgan ish kunlariga ko'chirilishi amalga oshirilmoqda.

Natijada, 2018 yilda bayram kunlarida uzluksiz dam olish davomiyligi qo'shimcha ishlamaydigan kunlarni belgilash va ayrim dam olish kunlarni ko'chirish orqali ta`minlanadi:

Yangi yilga – 5 kalendar kuni (2017 yil 30 va 31 dekabr – kalendar bo'yicha dam olish kunlari, 2018 yil 1 yanvar – ishlamaydigan bayram kuni, 2018 yil 2 yanvar – qo'shimcha ishlamaydigan kun, 2018 yil 3 yanvar – 6 yanvardan ko'chirilgan dam olish kuni);

Navro'z bayramiga – 5 kalendar kuni (18 mart – kalendar bo'yicha dam olish kuni, 19 mart – 17 martdan ko'chirilgan dam olish kuni, 20 mart – qo'shimcha dam olish kuni, 2018 yil 21 mart - ishlamaydigan bayram kuni, 22 mart –
24 martdan ko'chirilgan dam olish kuni);

Mustaqillik kuniga – 5 kalendar kuni (2018 yil 31 avgust – qo'shimcha ishlamaydigan kun, 2018 yil 1 sentabr – ishlamaydigan bayram kuni, 2 sentabr – kalendar bo'yicha dam olish kuni, 3 – sentabr 15 sentabr shanba kunidan ko'chirilgan dam olish kuni, 4 sentabr – 8 sentabrdan ko'chirilgan dam olish kuni).

Yangi yil, Navro'z va Mustaqillik kuni bayram kunlariga qo'shimcha ishlanmaydigan kunlar belgilanishi mehnat ta`tili davomiyligi uch ish kuniga qisqarilishi hisobiga qoplanishi ko'zda tutilmoqda. Bunda:

O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 134-moddasida belgilangan mehnat ta`tilining eng kam davomiyligi (15 ish kunlari);

Davlat bayramlariga to'g'ri kelgan, belgilangan mehnat ta`tilining qo'shimcha ishlanmaydigan kunlarini qo'shish yo'li bilan xodimga yillik mehnat ta`tili davomiyligiga berilishi lozim bo'lgan to'lovlar miqdori saqlanishi ta`minlanadi.

Bundan tashqari, xalqimizning ma`naviy hayotida oliyjanoblik, minnatdorchilik, ezgulik, rahmdillik, hamjihatlik fazilatlari belgilanishida muqaddas Qurbon hayit va Ramazon hayit bayramlarining muhimligi va ahamiyatini inobatga olgan holda, milliy-ma`naviy qadriyatlarimizni yuksaltirish va saqlab qolish maqsadida 2018 yildan boshlab ayrim dam olish kunlarini bayram kunlariga yaqin bo'lgan ish kunlariga ko'chirish hisobiga uzluksiz uch kunlik dam olish kunlari belgilanishi ko'zda tutilmoqda.

Xodimlar tomonidan Farmon bilan belgilangan uzluksiz dam olish kunlaridan samarali foydalanishni ta`minlash maqsadida oilaviy dam olishni tashkil qilish choralari amalga oshirilishi, shu jumladan ichki turizm marshrutlarini shakllantirish va yurtimizning tarixiy-madaniy markazlariga tashrif buyurishni, respublika pansionat va dam olish uylarida uzaytirilgan dam olish kunlarni o'tkazish istagini bildirgan xodimlar, ularning oila a`zolariga mehmonxona va transport xizmatlariga chegirmalar tizimini joriy qilish ko'zda tutilmoqda.

Bunda Mehnat kodeksining 131-moddasida belgilangan bayram (ishlanmaydigan) kunlariga to'g'ri kelgan hafta kunlarining o'zgarishini inobatga olgan holda bayram sanalari bilan bog'liq bo'lgan dam olish kunlarini uzluksiz va samarali foydalanish maqsadida shu kundan e`tiboran ayrim dam olish kunlarini bayram kunlariga to'g'ri kelgan yaqin ish kunlariga ko'chirish bo'yicha har yili belgilanadigan sanalarni ko'chirish tartibi, shuningdek ish vaqtining Kalendarini ishlab chiqish va tasdiqlashda turli ish rejimlariga ish kunlari va soatlarining soni belgilanishi bilan joriy qilinmoqda.

Top