Jamiyat | 16:35 / 26.05.2016
16096
2 daqiqa o‘qiladi

Olimlar: masxaraboz-baliqlar va dengiz ayiqtovonlari xavf ostida

Delaver universiteti tadqiqotchilari masxaraboz-baliqlar va dengiz ayiqtovonlarini asrash muammosi haqida qayg‘urishmoqda. Bu jonivorlarning hayotiga okean haroratining oshishi jiddiy xavf soladi. Tadqiqotning to‘liq matni Proceedings of the Royal Society B: Biological Sciences jurnalida berilgan. 

Suv haroratining ko‘tarilishidek nomuvofiq sharoitlar ta'sirida dengiz ayiqtovonlari o‘zlarining yorqin ranglarini yo‘qotishlari mumkin, buning natijasida ularda yashovchi masxaraboz-baliqlarning yirtqichlardan bekinishi qiyinlashadi. 

Baliqlar ayiqtovon tanlashda juda talabchanlar: ular odatda muayyan yoki bir necha xil ayiqtovonlarni xush ko‘rishadi va "o‘z" ayiqtovonlarini zo‘rg‘a tark etishadi. 

Tadqiqot jarayonida olimlar masxaraboz-baliqlarga sog‘lom va "oqlangan" ayiqtovonlarni tanlashni taklif qilishdi. Baliqlar doim sog‘lom ayiqtovonlarni tanlashgan, biroq agar xasta ayiqtovon baliqning sevimli turiga kirsa, u holda baliq o‘zining o‘rgangan ayiqtovonini tanlaydi. 

"Afsuski, bizning tadqiqotimiz "oqlash" ayiqtovon va baliq o‘rtasidagi munosabatlarni o‘zgartira olmasligini ko‘rsatdi",- deya izoh beradi Delaver universitetilik hammuallif Daniel Dikson. 

Uning aytishicha, baliqlar bir yoki bir necha ayiqtovon turiga shu darajada kuchli bog‘lanib qolishganki, bu ularning moslashuvchanligini cheklaydi.