21:39 / 19.07.2019
43076

Meteorologlar 2019 yil iyunini tarixdagi eng issig‘i deb topishdi

2019 yil iyunda Yer sirtining o‘rtacha harorati kuzatuvlar tarixidagi eng yuqorisi bo‘ldi. Bu haqda Okeanik va atmosfera tadqiqotlari milliy boshqarmasi (NOAA) ma'lum qildi.  

“Ona Yer o‘tgan oy anchagina terlab-pishishiga to‘g‘ri keldi. O‘ta yuqori haroratlar 2019 yil iyunni Yer sharidagi eng issig‘iga aylantirdi”, deb aytilgan xabarda.

Meteorologlarning ta'kidlashicha, joriy iyundagi harorat o‘tgan yillarda kuzatilgan 15,5 darajalik o‘rtacha haroratga nisbatan 1,71 daraja yuqori bo‘lgan.

Top