18:03 / 02.04.2020
37434

OTMlarda darslar 2 sentyabrdan boshlanishi haqida xabar tarqaldi, vazirlik buni rad etdi

Darslar 2 sentyabrdan boshlanishi haqida tarqalgan xabar asossiz, deb ma'lum qildi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi.

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistondagi barcha OTMlarda o‘qish 2 sentyabrdan boshlanishi haqida xabar tarqaldi.

«Talabalar o‘quv yilining 2-yarmini onlayn tarzda o‘zlashtirib boradi va o‘quv dasturlari tugagandan keyin onlayn test orqali o‘quv yilining 2-yarmi uchun baholanadi», deyilgan norasmiy xabarda.

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bu xabarning asossiz ekanini e'lon qildi.

«Talabalarning oliy ta'lim muassasalariga qaytishi Respublika Maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq, mamlakatimizdagi karantin holatining bekor qilinishiga bog‘liq», – deyiladi rasmiy bildirishda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida, barcha ta'lim muassasalarida darslar 16 martdan boshlab to‘xtatilgan.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top