Britaniyalik sotib olgan T-54 tanki ichidan 2,5 mln dollarlik oltin topib oldi
Harbiy texnikani jamlash bilan shug‘ullanuvchi britaniyalik Nik Mid sotib olgan T-54 sovet tankining yoqilg‘i bakidan 5 ta oltin quyma topib oldi. Bu haqda Sun nashri xabar bermoqda.
Mid ushbu tankni eBay’da 30 ming funt sterlingga (37 ming dollarga) sotib olgan. Oltinning umumiy og‘irligi 25 kg ni, narxi esa 2 mln funt sterlingni (2,5 mln dollar) tashkil qilgan.
Erkak tanklarni yig‘ish bilan shug‘ullanadi. U oltinlarni tankni restavratsiya qilayotganda topib olgan. U sotib olgan tank 1990-1991 yillarda Fors ko‘rfazidagi urushda ishtirok etgan Iroq qurolli kuchlariga tegishli bo‘lgan. Tank xalqaro koalitsiya qo‘shinlari tomonidan qo‘lga kiritilgach, Buyuk Britaniyaga yetkazilgan.
Midning fikricha, oltinlarni tankka Kuvayt omborlarini tunagan iroqlik harbiylar yashirgan bo‘lishi mumkin. Kolleksiyachi topilma haqida politsiyaga xabar bergan. Oltinlar erkakdan tilxat ostida olingan.
Ingliz oltinlar unda qolmaganidan xafa emas, chunki unga ajoyib tank qoldi. Hozirda uning kolleksiyasida 150 ta harbiy texnika bor. Nik o‘z fermasida barcha istovchilar uchun ma'lum haq evaziga harbiy mashinalarida yurishga ruxsat beradi.
Mavzuga oid
13:14 / 02.01.2025
Kuvayt Sirdaryoda innovatsion parrandachilik fermasini tashkil etadi
15:12 / 13.12.2024
Tayvan armiyasi o‘z tanklarni dronlardan himoya qilishning yangi usulini ko‘rsatdi
12:32 / 06.12.2024
GFR Mudofaa vazirligi: RF tank ishlab chiqarish bo‘yicha Yevropadan oldinda
14:52 / 29.11.2024