15:31 / 17.12.2019
62958

Kun.uz 7ta yo‘nalishda professional kadrlarni ishga taklif qiladi

Foto: Shutterstock

Kun.uz sayti tajribali va o‘z ishini yaxshi ko‘radigan jurnalist, muharrir, iqtisodchi, huquqshunos va videooperatorlarni ishga taklif etadi.

1. Saytning ingliz tilidagi talqini uchun tajribali muxbir va tarjimon

Vazifasi: O‘zbek va rus tilidagi matnni ingliz tiliga tezkor va sifatli tarjima qilish, tadbirlarni yoritish, mavzuni o‘rgangan holda maqolalar tayyorlash.

Talablar:
– IELTS Writing balli 7 va undan yuqori;
– yozma tarjima bo‘yicha kamida 2 yillik ish tajribasi;
– ma'lumoti oliy, yoshi 25dan yuqori;
– Toshkentdagi ofisga kelib ishlay olishi lozim.

2. Iqtisodiy tahlilchi

Vazifasi: O‘zbekiston iqtisodiy hayotini mutaxassis sifatida sharhlab borish, soha yangiliklarini odamlarga sodda va xalqona tarzda tushuntirish, iqtisodiyotdagi o‘zgarishlar va kiritilayotgan takliflarga ekspertlik munosabatini bildirish.

Talablar:
– iqtisod yoki moliya sohasida oliy ma'lumot;
– sohada ilmiy izlanishlar olib borganlik tajribasi;
– shu yo‘nalishdagi kamida 3 yillik ish staji;
– o‘z fikrini bir yoki bir nechta tilda ravon ifoda eta olish.

3. Saytning rus tilidagi talqini uchun tajribali jurnalist

Vazifasi: Professional jurnalistik faoliyat – yangiliklarni yoritish, tadbir va anjumanlarda muxbir sifatida qatnashish, intervyu olish, mavzuni o‘rgangan holda maqolalar tayyorlash, xabarlarni o‘zbek tilidan rus tiliga tarjima qilish.

Talablar:
– jurnalistika yoki gumanitar sohada oliy ma'lumot;
– rus va o‘zbek tillarini mukammal bilish;
– jurnalistikada kamida 3 yillik ish tajribasi.

4. O‘zbek tilida ishlovchi professional jurnalist

Vazifasi: Professional jurnalistik faoliyat – yangiliklar bilan ishlash, tadbir va anjumanlarda muxbir sifatida qatnashish, intervyu olish, mavzuni o‘rgangan holda reportaj va videomateriallar tayyorlash, mualliflik maqolalari yozish.

Talablar:
– yoshi 30dan 40gacha;
– jurnalistika yoki gumanitar sohada oliy ma'lumot;
– o‘zbek tilini mukammal bilish, rus yoki ingliz tilida muloqot qila olish;
– jurnalistika sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi.

5. Videokontent muharriri

Vazifasi: Sifatli videokontent yaratilishiga rahbarlik qilish, jahon internet-jurnalistikasidagi zamonaviy tendensiyalarni o‘zbek mediasiga olib kirish, Kun.uz videokontentini zamonaviy mahsulotlar bilan boyitish uchun.

Talablar:
– xorijiy tillarni bilish;
– jurnalistika sohasida oliy ma'lumot;
– jurnalistika, ayniqsa televideniyeda muharrir sifatidagi ish tajribasi.

6. Montaj va grafika ustasi

Talabgorlar:
– «Adobe Effect» va «Adobe Premier» dasturlarini juda yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lishi,
– yuqori sifatli vizual effektlarni, badiiy va hujjatli filmlar uchun ssenaristning istalgan g‘oyasini ro‘yobga chiqara olishi,
– ishiga ijodiy yondashadigan bo‘lishi kerak.

Vazifasi – ijodiy-badiiy tipdagi videomahsulotlar yaratish. Ishga olishda talabgorning bungacha qilgan ishlariga qarab baho beriladi.

Talablar:
– operatorlik va montaj sohasida ish tajribasi;
– oliy yoki o‘rta maxsus ma'lumot;
– yoshi 22-35 oralig‘ida.

7. Tajribali huquqshunos

Vazifasi: Sayt materiallariga huquqiy baho berish, sud-huquq sohasidagi yangiliklarni yoritish, qonunchilikdagi muhim o‘zgarishlar bo‘yicha tahliliy maqolalar tayyorlash, fuqarolar murojaatlari asosida jurnalistik surishtiruvlar o‘tkazish.

Talablar:
– huquqshunoslik yo‘nalishida oliy yoki o‘rta-maxsus ma'lumot;
– yuridik xizmat sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi;
– jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlay olish;
– O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlaridan xabardor bo‘lish va ularni amaliyotda qo‘llay olish.

Kun.uz nimalarni taklif qiladi?

– soha uchun raqobatbardosh, yuqori oylik maosh (suhbat asosida kelishiladi);
– Toshkent markazidagi zamonaviy ofisda ahil jamoa davrasida ishlash imkoniyati;
– rasmiy mehnat shartnomasi;
– ofisda bepul tushlik;
– o‘z ustida ishlash va rivojlanish uchun imkoniyatlar.

Talabgorlardan o‘z ishiga mas'uliyatli va turli vaziyatlarga moslashuvchan bo‘lish talab qilinadi.

Shuningdek, aksariyat vakansiyalarda xodimlar poytaxtdagi bosh ofisga kelib ishlay olishlari, ya'ni Toshkentda yashashlari zarur. Tahririyat turar joy masalasida ko‘mak berish imkoniyatiga ega emas.

Nomzodlar o‘zi haqida kichik hajm va erkin tarzda bayon qilingan ma'lumotlar, yashash va ish joyi, telefon raqami, ish tajribasi, sohadagi faoliyatiga doir axborot (nashr etilgan maqolalardan nusxalar, internetda e'lon qilingan videomateriallariga havolalar)ni info@kun.uz elektron pochta manziliga yuborishlari lozim.

Kadrlar bo‘limi tanlab olingan nomzodlar bilan telefon orqali bog‘lanadi. Suhbat kuni va qisqa sinov muddati kelishilgan holda belgilanadi.

Mavzuga oid
Top