Har yili 500 nafargacha nogironligi bo‘lgan yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida subsidiyalar ajratiladi
Subsidiyalar har bir nogironligi bo‘lgan yoshning talabiga muvofiq, bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha bo‘lgan miqdorda mazkur bandda ko‘rsatilgan yo‘nalishlardan bittasi uchun ajratiladi.
Yoshlar ishlari agentligi Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan har yili 500 nafargacha nogironligi bo‘lgan yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida subsidiya ajratib borish tizimini joriy etadi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko‘maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida aytilmoqda.
Subsidiyalar quyidagi yo‘nalishlar uchun ajratiladi:
nodavlat ta’lim tashkilotlarida kasb-hunarga o‘rgatish, ularda kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish, axborot texnologiyalari, kompyuterda dasturlash amaliyoti, umumta’lim fanlari va xorijiy tillarni o‘rgatish, shuningdek, zarur hollarda yashash va transport xarajatlarini qoplash;
kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash, malaka oshirish, tadbirkorlik va kasb-hunarga o‘rgatish kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan hamda maxsus sertifikatni olgan, shuningdek, tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganlarga asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilish uchun.
Qarorda belgilanishicha, subsidiyalar har bir nogironligi bo‘lgan yoshning talabiga muvofiq, bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha bo‘lgan miqdorda mazkur bandda ko‘rsatilgan yo‘nalishlardan bittasi uchun ajratiladi.
“El-yurt umidi” jamg‘armasi Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda ushbu jamg‘arma mablag‘lari hisobidan 2022 yildan boshlab har yili tanlov asosida tanlab olingan 20 nafargacha nogironligi bo‘lgan iqtidorli yoshlarning yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarida, shu jumladan, onlayn kurslarda ta’lim olishini tashkil etadi.
Mavzuga oid
12:22 / 23.12.2024
Kurash trenerlari va hakamlarini xorijiy davlatlarga “eksport” qilish yo‘lga qo‘yiladi
11:18 / 27.11.2024
Milliy simfonik orkestri xodimlari maoshi oshiriladi
09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
07:16 / 20.08.2024