8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

23:28 / 13.05.2017 6404

Mobil operatorlarning radiochastotalardan foydalanish unumdorligini oshirish choralari ko‘rilmoqda

Foto: innotechnews.com

O‘zbekistonda 900/1800 MGts radiochastota diapazonlarida mobil aloqa tarmoqlari xizmatlari « Unitel» MChJ (Beeline), «COSCOM» MChJ (Ucell), «O‘zbektelekom» AKning «Uzmobile» Milliy operatori (Uzmobile) hamda Universal Mobile Systems» MChJ (UMS) mobil aloqa operatorlari tomonidan ko‘rsatilmoqda. 900/1800 MGts radiochastotalari yuqoridagi operatorlarga to‘liq bo‘lib berilgan va ayni paytda bo‘sh polosa mavjud emas.

Shuningdek, operatorlar teng bo‘lmagan miqdordagi radiochastota hajmiga ega bo‘lgan edilar. Radiochastota polosalari mobil aloqa operatorlari o‘rtasida uzuq-yuluq o‘lchamda, diapazonning turli qismlarida ajratilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining ma'lum qilishicha, radiochastota polosalarining bu holda taqsimlanishi LTE (Long-Term Evolution) texnologiyasining 4-avlod (4G) mobil aloqa standartini joriy qilishga to‘sqinlik qiladi. Mazkur standart mobil aloqa tarmoqlarida har qanday ko‘rinishdagi (ovozli, fayl va video) ma'lumotlarni yuqori tezlikda almashish uchun jahon miqyosida joriy qilinmoqda. LTE standarti esa yuqori tezlikda ma'lumot almashishda kengligi 10 dan 20 MGts gacha bo‘lgan yaxlit chastota polosalarini talab etadi.

Ayrim mobil aloqa operatorlarida chastota hajmining kam miqdorda bo‘lishi mobil aloqa xizmatlarining talab darajasida sifatli ko‘rsatilmasligiga olib keladi.

Shu munosabat bilan, Radiochastotalar bo‘yicha Respublika kengashi tomonidan mobil aloqa operatorlari tomonidan radiochastota resurslaridan unumli foydalanilishini ta'minlash maqsadida, "900 / 1800 MGts diapazonlarida radiochastota polosalarini qayta taqsimlash to‘g‘risida"gi qarori qabul qilingan edi.

Mazkur qaror operatorlarga radiochastota spektrlaridan foydalanish bo‘yicha teng raqobat sharoitini yaratib berish, LTE texnologiyasini tezkor rivojlantirish uchun ularning radiochastotalardan qulay va samarali foydalanishlarini ta'minlash, mamlakatda mobil aloqa xizmati sifatini oshirishga zamin yaratadi.

Kengashning mazkur qaroridagi vazifalarni ta'minlashda mobil aloqa abonentlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan texnik nosozliklarning oldini olish maqsadida, mobil operatorlarga aloqa tarmoqlarini qayta muvofiqlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishlari uchun 6 oy vaqt beriladi.

 

Top