Odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar ro‘yxati yuritiladi
Hukumat qarori bilan odam savdosi sohasidagi jinoyatlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarning yagona axborot bazasini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, odam savdosi sohasidagi jinoyatlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarning yagona axborot bazasi Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti tomonidan yuritiladi.
Bazaga quyidagi ma'lumotlar kiritiladi: odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar; odam savdosidan jabrlanganlar, jabrlangan deb taxmin qilinayotganlar – ayollar va bolalar haqidagi axborot alohida ajratilgan holda, ularga ko‘rsatilgan yordam natijalari; jinoyat sodir etish usullari va boshqa axborotlar.
Ma'lumotlardan odam savdosiga qarshi kurashishdagi vakolatli organlar foydalanishi uchun Tezkor-qidiruv departamenti va uning hududiy bo‘linmalariga yozma yoki elektron shaklda so‘rovnoma yuboradi.
So‘rovnoma tushganidan so‘ng uning natijasi bo‘yicha besh kunda javob yuboriladi.
Mavzuga oid
12:22 / 23.12.2024
Kurash trenerlari va hakamlarini xorijiy davlatlarga “eksport” qilish yo‘lga qo‘yiladi
18:38 / 11.12.2024
Markaziy Osiyoda odam savdosi ko‘rsatkichlari pasaymayapti – BMT
19:17 / 28.11.2024
Sakkiz yildan beri qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada qo‘lga olindi
11:18 / 27.11.2024