Bu rekord: Xayriya aksiyasi uchun 50 metrli tandir lavash tayyorlandi
Joriy yilning 13 dekabr kuni Tashkent City hududida xayriya tadbiri o‘tkazildi – 50 metrli tandir lavash tayyorlandi hamda barcha tushumlar «Mehrli Qo'llar» xayriya jamg‘armasiga o‘tkazildi.
Tadbir shahar ma'muriyati ko‘magida Tashkent City hududida o‘tkazildi va unga 1500 nafardan ortiq mehmonlar tashrif buyurdilar. Barcha kelganlar jarayonni bevosita kuzatgan bo‘lsalar, tashrif buyura olmaganlar OqTepa Lavash'ning instagrammdagi sahifasi orqali tadbirni tomosha qilib bordilar.
50 metrli rekord o‘rnatgan tandir lavash tayyorlanish jarayoni ketarkan quvnoq boshlovchi di-djyey yordamida havo sovuq bo‘lishiga qaramay mehmonlarning zerikishiga yo‘l qo‘ymadi. Tashrif buyurganlar turli ko‘ngilochar dasturlarda ishtirok etdilar, qimmatbaho sovg‘alar va vaucherlar yutib oldilar.
Tandir lavashni tayyorlash jarayonida 70 nafar oshpaz va filiallarning 20 nafar menejyerlari ishtirok etdilar. Eng yirik tandir lavashni tayyorlash uchun 45 kg go‘sht, 8 kg chips, 7 kg pomidor, 7 kg bodring, 5 litr firma sousi va bir blokdan ketchup hamda mayonez sarflandi.
OqTepa Lavash nafaqat rekord o‘rnatdi, balki savobli ishga ham qo‘l urdi – barcha yig‘ilgan pullarni «Mehrli Qo'llar» jamg‘armasiga o‘tkazib berdi.
Bizni qo‘llab-quvvatlaganlarga ulkan minnatdorlik bildiramiz. Shu bilan birga aksiyamizda ishtirok etganlarning barchasiga rahmatlar aytamiz. Hurmat bilan OqTepa Lavash jamoasi.
Reklama huquqi asosida