Xitoyning iqtisodiy ko‘rsatkichlari kutilganidan ko‘proq qisqardi
Xitoyning iyun oyida eksporti o‘tgan yilga nisbatan 12,4 foizga, import esa 6,8 foizga kamaydi. Tahlilchilar dunyoning ikkinchi yirik iqtisodiyoti o‘sish sur’atlari yiliga 3 foizgacha sekinlashishini taxmin qilmoqda.
Xitoy eksporti iyun oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 12,4 foizga, import esa 6,8 foizga kamaydi. Bu haqda 13 iyul, payshanba kuni bojxona organlari ma’lum qildi. Avvalroq Reuters agentligining iqtisodchilar o‘rtasida o‘tkazgan so‘roviga ko‘ra, eksport 9,5 foizga, import esa 4,0 foizga qisqarishi kutilgan edi.
Eksportning pasayishi uch yildan ko‘proq vaqt oldin COVID-19 pandemiyasi boshlanganidan beri eng yomoni bo‘ldi. Iyun oyida iste’mol narxlari deflyatsiya yoqasida edi, ishlab chiqaruvchilar narxi esa yetti yil ichida eng tez sur’atda pasaydi.
2023 yilning birinchi choragidagi keskin o‘sishdan so‘ng, Xitoyning pandemiyadan keyingi tiklanish sur’ati sekinlashdi. Zaif global talabning davom etishi sharoitida ishlab chiqarish pasaymoqda va tahlilchilar Xitoy iqtisodiyotining rivojlanishi bo‘yicha o‘z prognozlarini kamaytirishga majbur. Endi, ular hisob-kitoblariga ko‘ra, siyosatchilar dunyodagi ikkinchi yirik iqtisodiyotning uzoq muddatga sekinlashishi, yiliga 3 foizga tushishi bilan hisoblashishi kerak. Bu so‘nggi o‘n yilliklarga xos bo‘lgan odatiy ko‘rsatkichlarning yarmidan kamidir.
Xitoy importining yetakchi indikatori bo‘lgan Janubiy Koreyaning Xitoyga yetkazib berishi o‘tgan oyda 19 foizga kamaydi, bu 2022 yil oktyabr oyidan beri eng kichik pasayishdir, biroq yarimo‘tkazgichlar va elektronika ishlab chiqarishda foydalaniladigan boshqa komponentlarga talab zaifligidan dalolat beradi.
Mart oyida lavozimga kirishganidan beri Xitoy bosh vaziri Li Tsyan bir necha bor talabni rag‘batlantirish va bozorlarni jonlantirish bo‘yicha choralar ko‘rish haqida gapirgan, biroq aniq choralar ko‘rilmadi va investorlar tobora sabrsiz bo‘lib bormoqda, deya ta’kidlaydi Reuters. Mamlakat iqtisodiyoti 2022 yildagi ko‘rsatkichlardan kam bo‘lganidan so‘ng, hukumat joriy yil uchun YaIM o‘sishini 5 foizga mo‘ljallab o‘sishini maqsad qilib qo‘ydi.
Mavzuga oid
13:41 / 16.12.2024
2030 yilga borib O‘zbekiston iqtisodiyoti hajmi 200 mlrd dollarga yetishi mumkin
18:06 / 15.12.2024
Xitoy eng katta cho‘lni 3 ming kilometrlik «yashil belbog‘» bilan o‘radi
21:22 / 14.12.2024
Xitoy birinchi «gipertovushli samolyot»ni sinovdan o‘tkazdi
21:06 / 14.12.2024