07:48 / 20.07.2019
6063

O‘zbekistonda barcha migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmalari dam olish kunlari ham ishlay boshladi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasining barcha viloyat, shahar, tuman IIB migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmalari (bo‘limlari)da biometrik pasport hamda xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish uchun hujjat topshirish va tayyor bo‘lgan pasportlarni olish bo‘yicha fuqarolarni dam olish kunlari soat 8.00 dan 20.00gacha qabul qilish joriy etildi

O‘zbekiston Respublikasi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi shu munosabat bilan, nobiometrik pasportini biometrik pasportga almashtirmagan fuqarolarga yaratilgan imkoniyatdan unumli foydalanishni tavsiya etgan. 

Shuningdek, eski namunadagi (nobiometrik) pasportning O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qilish muddati 2019 yil 31 dekabrgacha belgilanganligi eslatib o‘tilgan.

Bundan oldin, Toshkent, Farg‘ona hamda Samarqandda migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari dam olish kunlarisiz ishlayotgani xabar qilingandi.

Top