15:12 / 08.03.2021
11233

Yaponiyada vazir o‘rinbosari yirik kompaniya vakillari uning tushligi uchun pul to‘lashgani sababli ishdan bo‘shatildi

Yasuxiko Tanivaki kommunikatsiyalar bo‘yicha vazir o‘rinbosari bo‘la turib, yirik kommunikatsiya kompaniyasi vakillari bilan 2 yil ichida 3 marta birga ovqatlangan. Har safar ovqatlanish pulini kompaniya vakillari to‘lagan.

Yasuxiko Tanivaki / Foto: asahi.com

Yaponiya hukumati amaldorlaridan biri davlat xizmatchilarining axloq kodeksini buzgani uchun lavozimidan bo‘shatildi. Bu haqda Kyodo agentligi xabar bermoqda.

Gap ma'muriy ishlar va kommunikatsiyalar bo‘yicha vazir o‘rinbosari Yasuxiko Tanivaki haqida bormoqda. Xabar qilinishicha, u 2018-2020 yillar davomida mamlakatdagi yirik NTT (Nippon Telegraph and Telephone) telekommunikatsiya kompaniyasi vakillari bilan uch marta birga ovqatlangan. Taom uchun har safar NTT vakillari pul to‘lagan. Ular vazir o‘rinbosari uchun jami 107 ming iyen (987 dollar) to‘lashgan.

"Vaziyatdan chuqur afsusdamiz", - dedi vazir Ryota Takeda.

Yaponiya qonunchiligiga ko‘ra, davlat amaldorlari o‘zlari nazorat qiladigan kompaniyalar vakillaridan sovg‘a olishlari taqiqlanadi.

Avvalroq Yaponiya bosh vaziri Yosixide Suga Tohokushinsha Film prodyuserlik kompaniyasi xodimi bo‘lgan o‘g‘li Seygo Suga ichki ishlar va kommunikatsiya vazirligi vakillari bilan birga ovqatlangani uchun uzr so‘ragandi.

Mavzuga oid
Top