O‘zbekiston | 11:00 / 27.11.2021
1001
2 daqiqa o‘qiladi

Qanliko‘lda kam ta'minlangan oilalarga 20 xonadonga mo‘ljallangan uy berildi

Foto: Qanliko‘l tumani hokimligi axborot xizmati

Kecha, 26 noyabr kuni Qanliko‘l tumani “Qanliko‘l” OFY hududidagi 20 xonadonga mo‘ljallangan turar joy o‘z egalariga topshirildi. Bu haqda hokimlik axborot xizmati xabar berdi.

Hududdagi qishloq shifokorlik poliklinikasining bo‘sh turgan eski imorati turar joyga moslashtirilgan. Buning uchun “O‘zbekneftgaz” AJ mablag‘lari hisobidan 1 milliard 620 million so‘mdan ziyod mablag‘ sarflanib, rekonstruksiya ishlari amalga oshirilgan. Imorat 2 qavatli, 20 xonadonga mo‘ljallangan.

Xonadonlarni o‘z egalariga topshirish marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Murat Kamalov, “O‘zbekneftgaz” AJ vakili O.Sagdiyev, tuman hokimi Abu-Bakir Ibragimov va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan.

Foto: Qanliko‘l tumani hokimligi axborot xizmati
Foto: Qanliko‘l tumani hokimligi axborot xizmati
Foto: Qanliko‘l tumani hokimligi axborot xizmati

Oldinroq Qanliko‘l tumani hokimligi tomonidan olisdan maktablarga qatnayotgan 10 nafar o‘quvchiga velosipedlar berilgandi.

Mavzuga oid