19:32 / 29.04.2018
4121

«Asosiy boyligimiz - xalqimiz». Jeenbekov qirg‘izistonliklarni Bishkekning 140 yilligi bilan tabrikladi

Qirg‘iziston prezidenti Sooranbay Jeenbekov bugun mamlakat poytaxti Bishkekning 140 yillik yubiley kunida qirg‘izistonliklarni tabrikladi, deya qirg‘iz prezidentining so‘zlarini keltirmoqda 24.kg.

«Qirg‘izistonliklar uchun Bishkek shahri yuksak madaniyat, fan, ta'lim va bag‘rikenglik markazi sanaladi. Shubhasiz, shaharning asosiy boyligi — unda istiqomat qilayotgan odamlardir. Bu yerda Qirg‘izistonda yashovchi barcha millatlar va elatlar vakillari, turli kasb sohiblari istiqomat va mehnat qilishmoqda. Avloddan avlodga poytaxtliklar tinchlik, bag‘rikenglik va o‘zaro ishonchning mustahkam asosini yaratib kelishgan. Birgalikda ular sevimli shahrimizni rivojlantirish, obodonlashtirish va uning qiyofasini yaxshilash uchun ulush qo‘shib kelishgan», — deyiladi Qirg‘iziston prezidentining tabrigida

«Biz bishkekliklarning eng yaxshi udum va an'analarini saqlab qolib, uni munosib rivojlantirishimiz kerak. Bishkekimiz doimo yam-shil, chiroyli, toza va xavfsiz bo‘lib qolishi uchun kurashmog‘imiz kerak», degan Jeenbekov.

Sayt shuningdek shahar kunining nishonlanishidan fotoreportaj ham e'lon qilgan.

Mavzuga oid
Top