Toshkent shahridagi «Obod mahalla» dasturiga qaysi mahallalar kiritildi?
Toshkent shahrida «Obod mahalla» dasturi bo‘yicha har bir tumandan 4ta mahalla, jami shahar bo‘yicha 44ta mahalla fuqarolar yig‘ini tanlab olindi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati taqdim etgan ma'lumotga asoslanib Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, har bir tumandan 4ta mahalla mazkur dasturga kiritilgan bo‘lib, har bir mahalladagi qurilishga alohida sektor boshliqlari mas'ul etib tayinlanishi kutilmoqda. «Obod mahalla» dasturiga kiritilgan Toshkent shahridagi 66667ta xonadonda jami 243238 nafar kishi yashaydi.
Dastur doirasida 2018 yilda amalga oshiriladigan qurilish va obodonlashtirish ishlarining asosiy ko‘rsatkichlari haqida gap ketganda, 1473ta uy-joyni ta'mirlash uchun taxminan 182924 million so‘m sarflanishini ta'kidlash zarur. Shuningdek, 196 km uzunlikdagi ichki va xo‘jaliklararo yo‘llarni ta'mirlash uchun 49661 million so‘m ajratilishi kutilmoqda.
Quyida dasturga kiritilgan Toshkent shahridagi mahalla fuqarolar yig‘inlari ro‘yxati bilan tanishib chiqishingiz mumkin:
- Bektemir tumani tumani: Rohat, Zilola, Husayn Bayqaro, Binokor.
- Mirzo Ulug‘bek tumani: Avayxon, Ahmad Yugnakiy, Buyuk Ipak yo‘li, Sayram.
- Mirobod tumani: Tolariq, Birodarlik, Furqat, Movarounnahr.
- Olmazor tumani: G‘alaba, Ibrohim ota, Yuqori Sebzor, Hislat.
- Sergeli tumani: O‘zgarish, Daryo bo‘yi, Qipchoq, Uchuvchilar.
- Uchtepa tumani: Bog‘iston, Birlik, Nayman, Nurobod.
- Chilonzor tumani: Xirmontepa, 1-Katta Chilonzor, Xalqlar do‘stligi, Kichik Xirmontepa.
- Shayxontohur tumani: Yangi Beltepa, Shayxontohur, Obinazir, Charxnovza.
- Yunusobod tumani: Bog‘ishamol, Yangi bog‘, Turkiston, Posira.
- Yakkasaroy tumani: Boshliq, Yakkasaroy, Belariq, Shohjahon.
- Yashnobod tumani: Dilbog‘, Fidoyilar, Katta Qo‘yliq, Jo‘rabek.
Mavzuga oid
11:59
Havo soviyapti: Toshkent shahriga iflos havo yana qaytadimi?
21:35 / 28.11.2024
Toshkentda 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
07:32 / 28.11.2024
Toshkentda jamoat transporti ishi 24 soatlik rejimga o‘tkazilishi mumkin
23:47 / 26.11.2024