8441.36 USD -14.01

9493.15 EUR -61.42

131.78 RUB +0.25

10963.6 GBP -96.83

12:13 / 12.08.2018 44523

Qoraqalpog‘istonda IIV tizimidagi qator rahbarlar ishdan olindi

Ichki ishlar vaziri general-mayor P.Bobojonov rahbarligidagi Ishchi guruh joriy yilning 5-9 avgust kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha shahar va tumanlarida o‘rganish ishlarini olib bordi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Foto: IIV axborot xizmati

Xabarda aytilishicha, 9 avgust kuni Nukus shahrida Ichki ishlar vaziri raisligida hududlarda o‘tkazilgan o‘rganishlarning yakuniga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri A.Temirxanov, vazirning o‘rinbosari – tergov boshqarmasi boshlig‘i M.Rahmatullayev, YHXB boshlig‘i A.Saliyev hamda Nukus shahar, Nukus, Ellikqal'a, Amudaryo, Taxtako‘pir, Qo‘ng‘irot, Muynoq, Beruniy, Xo‘jayli, Qonlio‘l, Shumanoy, Taxiatosh, Qorao‘zak, Chimboy va To‘rtko‘l tumanlari IIB boshliqlari va o‘rinbosarlarining ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha hisobotlari eshitildi.

Majlisda sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyatini to‘laqonli anglab yetmasdan, bugungi kun talablariga javob bermaydigan, hanuz eskicha ish uslubi bilan ishlayotgan, fuqarolarning manfaati yo‘lida jonbozlik ko‘rsatmayotgan rahbar xodimlarga nisbatan intizomiy ta'sir choralari ko‘rildi.

Foto: IIV axborot xizmati

Xususan, xizmat vazifasiga loqaydlik va sustkashlik bilan munosabatda bo‘lib, xizmatni samarali tashkil etish choralarini ko‘rmaganligi, faoliyati davomida tizimli kamchiliklarga yo‘l qo‘yib kelganligi uchun To‘rtko‘l tumani IIB boshlig‘i A.Ilyasov, Nukus shahar va Taxiatosh tumani IIBlari boshliqlarining birinchi o‘rinbosarlari A.Artikov va A.Gulimbetov, Nukus shahar, Chimboy va Qorao‘zak tumanlari IIBlari boshliqlarining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari N.Qdirbayev, R.Paulaniyazov va R.Qalandarov hamda Kegeyli tumani IIB 10-sonli ichki ishlar bo‘linmasi boshlig‘i A.Palibekovlar egallab turgan lavozimlaridan ozod etildilar.  

Bundan tashqari, qator rahbarlarga nisbatan turli darajadagi intizomiy jazo choralari qo‘llanildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryoda IIV tizimidagi 8 nafar rahbar ishdan olingani xabar qilingandi.

Top