O‘zbekiston | 07:51 / 17.12.2021
13123
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘ztelekom»ga faqat internetga ulash xizmatlari qoldiriladi - qaror loyihasi

Foto: Kun.uz

Prezidentning “Raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan to‘siqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati yo‘nalishlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Internetga simli ulash bozorida tabaqalanishni bartaraf etish nazarda tutilmoqda. Bunda, “O‘ztelekom” AJga faqat xalqaro internet tarmog‘iga (ulgurji pog‘onada) ulash xizmatlarini qoldirish mo‘ljallangan.

“O‘ztelekom” AJning chakana bozordagi “O‘zonlayn” savdo belgisi ostidagi xizmatlarni alohida mustaqil xo‘jalik yurituvchi sub’yekt sifatida bo‘lib chiqarish va boshqa bozor ishtirokchilarga nisbatan teng raqobat sharoitini yaratish rejalashtirilmoqda. 

Internet va telekommunikatsiya infratuzilmasidan xususiy sektorga erkin va teng ravishda foydalanishni ta’minlovchi qoidalarni joriy qilish ham ko‘zda tutilgan.

Keng polosali optik tolali tarmoqlar yotqizishning xususiy sektor uchun jozibadorligini oshirish va simli internet infratuzilmasini rivojlantirish uchun amaldagi shartlarni erkinlashtirish va imtiyozlarni joriy qilish mo‘ljallanmoqda.

Mavzuga oid